Bugun, 23 iyun kuni AOKAda ötkazilgan brifingda Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva nega koronavirus bilan kasallaniş holatlari köpayib ketayotgani yuzasidan tuşuntiriş berdi:

Uning sözlariga köra, bu savolga bir neçta javob bor.

«Aholi orasida niqoblar taqilmay qöyilgani — bu infeksiyaning odamdan odamga yuqiş uçun juda qulay şaroit, ya'ni hozir kunlar issiq, havo quruq, virusning havoda harakatlanişiga tösqinlik yöq va u bemalol insonlarning yuz va qöl terisiga yoki köz şilliq qavatiga tuşadi. Burundan nafas olamiz — havodagi virus burun şilliq qavatiga yoki tomoqqa kiradi hamda hujayra içiga tuşib, kasallik çaqirişga imkoniyat qidiradi.

Qöllarni sovunlab yuvmay qöydik, antiseptiklardan foydalanmay qöydik — bu esa qöl terisiga tuşgan virusning tozalanmasligiga, qöllar köz, burun yo oğizga tekkizilganda virus organizmga tuşişiga zamin yaratadi. Natijada, bu kasallik çaqirişni yanada kuçaytiradi.

Ijtimoiy masofani saqlamay qöydik — juda köp töy-haşamlar, tuğilgan kunlar va odamlar töplanişi mumkin bölgan köngiloçar tadbirlarni köpaytirib yubormoqdamiz. Bu kabi köngiloçar tadbirlarda:

  • bir oila a'zolaridan taşqari bir neça oilalar va odamlar soni 30dan ortib ketmoqda;
  • tadbirlar yopiq joylarda, umumiy siğimdan 50 foizdan ortiq odamlar iştiroki kuzatilmoqda, ya'ni agar 100 kişilik töyxonada tadbir bölsa, talab böyiça 50 kişidan ortmasligi kerak, lekin bugungi kunda töy-haşamlarda 100-150 nafardan odam iştirok etmoqda;
  • bunday köngiloçar tadbirlarga heç kim oldindan PZR-testini topşirmaydi va kelayotgan mehmonlardan test natijasi söralmaydi;
  • kelayotgan mehmonlarning tana harorati ölçanmaydi;
  • niqoblar taqilmaydi va antiseptiklar bilan qöllarga işlov berilmaydi.

Axir biz töy-haşamlarga köngil oçiş uçun boramiz, unda ovqatlaniş kerak, insonlar köngil oçmoqçi bölgandan keyin uzoq davom etuvçi suhbatlar va muloqotlar böladi. Bularning hammasi — koronavirus tarqalişiga katta zamin yaratmoqda», dedi ştab a'zosi.