O‘zbekiston | 08:08 / 28.06.2021
13798
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati hududiga qatnovlarni amalga oshiruvchi yo‘nalishlar faoliyati o‘z ish tartibida davom etadi - «Toshshahartransxizmat»

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 2021 yil 28 iyun kunidan boshlab 12 iyulga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi.

“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 24ta avtobus yo‘nalishlari Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradi. 

“Ushbu yo‘nalishlar xizmatlaridan foydalanuvchi aksariyat yo‘lovchilar Toshkent shahridagi idora va tashkilotlarda mehnat qilishi hamda ta'lim muassasalarida tahsil olishini inobatga olib, Toshkent viloyati hududiga qatnovlarni amalga oshiruvchi yo‘nalishlarning faoliyati o‘z ish tartibi va qatnov chizmasi asosida amalga oshirishda davom etadi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi shahar avtobus yo‘nalishlari faoliyatiga doir cheklovlar joriy etilgan hollarda bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan yo‘lovchilarga oldindan ma'lumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ayrim YPX maskanlari avtomobillar harakati uchun yopilgan holatda, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi avtobuslar harakati YPX maskanigacha tashkil qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid