Muammolardan biri – ekin yerlarida tuproqning haddan ziyod kimyolaştirilişi. Rivojlangan mamlakatlarda ösimliklarni kimyolaştirişga emas, tabiiy usullarda yetiştirişga köproq ahamiyat qaratila boşlagan. Ya’ni tuproqdagi foydali bakteriyalar töplab olinadi, ular qayta işlanib, ösimlik tanasiga yuboriladi.

Biologiya fanlari doktori Baxtiyor Rasulov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda şu va boşqa masalalar yuzasidan öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

Baxtiyor Rasulov ayni paytda ÖzFA Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi instituti Mikroorganizmlar biotexnologiyasi laboratoriyasi mutaxassisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Bunga qadar bir neça yil Xitoy Fanlar akademiyasi institutlarida tajriba orttirgan.

– Baxtiyor aka, siz olib borayotgan ilmiy-tadqiqot işlarining mohiyati nimadan iborat? Bioazot özi nima?

– Bioazot ilmiy işlanmamiz tabiatda, tuproqda mavjud bölgan, atmosfera azotini özlaştirib, ösimliklarga yengil holatda özlaşadigan biologik azot sintez qiluvçi bakteriyalar asosidagi biologik vosita hisoblanadi. Qişloq xöjaligida qöllanayotgan azotli yoki fosforli öğitlar örnida qöllaş uçun taklif etilgan biologik vositadir.

Biz hozirda qöllayotgan biovositamiz asosini tuproqda mavjud bölgan tirik organizmlar taşkil etadi. Ularning asosiy xususiyatlaridan biri – havodagi azotni özlaştirib, ösimlikka ozuqa sifatida yetkazib beriş.

Sanoatda mineral öğitlar, azotli öğitlar havodagi azotni suyuqlantiriş orqali va keyinçalik azotni ketma-ket oksidlaş, keyingi kimyoviy reksiyalar orqali mineral öğit hosil böladi. Tirik organizmlarda ham mohiyatan şunday jarayon. Azotni özlaştirib, uni biologik holatda ötkazib, ösimlik özlaştira oladigan holatga olib ötamiz.

– Kimyoviy öğitlardan voz keçib, faqat tabiiy yöl orqali ösimlik dunyosini rivojlantira oliş mumkinmi?

– Baribir xohlaymizmi-yöqmi, bu tizimga ötiş uçun ma’lum bir vaqt, könikma talab etiladi. Bungaça kimyoviy yöldan foydalaniş mumkin. Bunda an’anaviy yöldan emas, balki noan’anaviy usullarni qöllaş kerak. Misol uçun, ösimlikni bargidan oziqlantiriş mumkin. 200 kg karbamidni tuproqdan bergandan köra, 5 kg karbamidni suvda eritib, suspenziya holatida bargidan beriş mumkin.