«Temir daftar»dagi oilalarning farzandlariga OTMga kirganda birinchi yil uchun kontrakt puli to‘lab beriladi
«Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning farzandlariga, oliygohdagi o‘qishning birinchi yili uchun kontraktni budjetdan to‘lab berish tartibi joriy etiladi. Shuningdek, «Temir daftar»da qayd etilgan oilalarning har bir farzandiga o‘quv qurollari va maktab formasi sotib olish uchun avgust oyida 500 ming so‘mdan moddiy yordam beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari bilan uchrashuvda respublikada yoshlarga oid siyosat doirasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida nutq so‘zladi.
«Aziz yoshlar! Men har gal sizlar bilan uchrashganimda bir gapni takrorlashdan aslo charchamayman: ilmni qadrlang, ilmga intiling!
O‘zingiz ko‘ryapsiz, dunyoda o‘qigan, zamonaviy ilm va hunarlarni puxta egallagan, yosh avlodini ayni shu ruhda tarbiyalagan xalqlar, davlatlar jadal rivojlanmoqda.
O‘zbekiston yoshlari ham, ana shunday yuksak darajalarga ko‘tarilishi uchun biz albatta barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Bu borada, ayniqsa quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratiladi.
Birinchidan, iqtidorli, lekin oliygohda kontrakt asosida o‘qish imkoniyati bo‘lmagan yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yaratamiz.
Ma'lumki, bugungi kunda ota-onalar farzandini oliygohda o‘qitish uchun 22-28 foiz stavkada ta'lim kreditini 3 yil muddatga olmoqdalar.
Lekin, bu hammaga, ayniqsa, uzoq va chekka joylarda yashaydigan oilalarga og‘irlik qilayotgani ham, bor gap.
Shuni hisobga olib, yangi o‘quv yilidan barcha uchun ta'lim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, ya'ni joriy yilda 14 foiz stavkada ajratiladi.
Bunga qo‘shimcha ravishda, ta'lim kreditlarini qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar daromad solig‘idan ham ozod qilinadi.
Bundan tashqari, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga, oliygohdagi o‘qishning birinchi yili uchun, kontraktni budjetdan to‘lab berish tartibi joriy etiladi.
Ikkinchidan, maktablarda o‘quvchilarni kompyuterdan shunchaki foydalanuvchi emas, balki undan daromad topadigan mutaxassislar qilib tayyorlashimiz zarur.
Shu maqsadda, joriy yil yakuniga qadar umumta'lim maktablarini yuqori tezlikdagi internetga ulash ishlari yakunlanadi. Respublika bo‘yicha qo‘shimcha 5 mingta kompyuter sinflari tashkil etiladi.
Maktablarda axborot texnologiyalari darslari zamonaviy “Kembrij” dasturlari asosida yo‘lga qo‘yiladi va o‘qit́uvchilar ham, ushbu dasturlar asosida qayta tayyorlanadi.
Xuddi shunday tizim, barcha oliygohlarda ham joriy qilinadi.
Uchinchidan, yosh oilalarning ijtimoiy himoyasini ta'minlashga alohida e'tibor qaratiladi.
Bunda, ipoteka dasturi doirasida uy-joy sotib olish uchun yosh oilalarga qo‘shimcha 2 mingta kvota ajratiladi va ushbu maqsadlar uchun budjetdan 60 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Shuningdek, yosh oilalarning ipoteka kreditini qaytarishga to‘lagan mablag‘lari daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi.
“Daftarlar”ga kirgan oilalarning yangi turmush qurayotgan farzandlariga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy tiklashi uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, o‘tgan yilgi tajriba asosida, “Temir daftar”da qayd etilgan oilalarning har bir farzandiga o‘quv qurollari va maktab formasi sotib olish uchun avgust oyida 500 ming so‘mdan moddiy yordam beriladi», degan davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Britaniyalik taniqli yozuvchi Frederik Forsayt vafot etdi
Jahon | 10:49
-
90 kundan ortiq chet elda bo‘lgan fuqarolar majburiy ravishda OIVga tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin
O‘zbekiston | 10:33
-
Rossiya hukumati «chet el agenti» to‘g‘risidagi qonunni kuchaytirishni ma’qulladi
Jahon | 10:32
Mavzuga oid

17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi

00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi

20:19 / 24.12.2024