Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Xitoy ballistik raketalar uchun 100dan ko‘proq shaxta qurayotganini ma'lum qildi
Foto: Reuters
Xitoy hukumati qit'alararo ballistik raketalarni uchirish uchun 100dan ortiq yangi shaxta qurmoqda. Qurilish ishlari Gansu provinsiyasidagi cho‘l hududida olib borilmoqda, deb xabar berdi The Washington Post nashri.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu haqda Kaliforniyadagi Middlberi instituti xodimlari ma'lum qildi. Ular sun'iy yo‘ldoshlardan olingan suratlar bilan tanishib chiqib, shunday xulosaga kelishgan. Suratlarda Xitoyda yadro kallaklariga ega ballistik raketalar uchun mo‘ljallangan obektlardagi kabi 119ta bir xil turdagi konstruksiyani qurish ishlari aks etgan. Nashrning ma'lum qilishicha, tadqiqotchilar shuningdek, suratlarda qisman qurilgan boshqaruv punktini ham aniqlashgan.
«Agar 100dan ko‘p yangi pusk shaxtasi qurilishi yakunlansa, bu Xitoy uchun tarixiy ko‘lamdagi o‘zgarish bo‘ladi. Chunki bungacha mamlakat 250tadan 350tagacha yadro qurolini o‘z ichiga oluvchi ‘kamtarona’ yadro qurollanishiga ega deb hisoblab kelingan», deyilgan maqolada.
Mavzuga oid
20:32 / 31.03.2026
Xitoy qanday qilib kollektiv G‘arbni o‘ziga qaram qilib qo‘ydi?
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
07:34 / 31.03.2026
Insonga o‘xshash yuz ifodasi: Xitoy robototexnikasi yangi bosqichga chiqdi
22:39 / 30.03.2026