Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bugundan eng kam pensiya miqdori oshiriladi
“Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, 2021 yil 1 iyuldan pensiya va nafaqalar oshiriladi.
Xususan, belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy etiladi.
Bunda, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda 256 ming 675 so‘mdan 400 ming so‘mga oshiriladi.
Belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 ming so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori 565 ming so‘mga yetkaziladi.
Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 ming 030 so‘mdan 400 ming so‘mga yetkaziladi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etiladi.
Pensiya oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 ming 675 so‘mdan 400 ming so‘mga oshiriladi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi.
Nafaqa oluvchi oilalarning barcha a'zolarini qamrab olish maqsadida, ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun nafaqa miqdori 400 ming so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun 150 ming so‘mdan qo‘shiladi.
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 ming 350 so‘mdan 565 ming so‘mga oshiriladi.
Mavzuga oid
21:32 / 07.04.2026
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi?
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
17:46 / 18.02.2026
Pensiya yoshiga yetgan shaxslarga jamg‘arilgan pensiya avtomatik to‘lab beriladi
15:41 / 03.02.2026