Nizomda belgilanişiça, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlaş uçun ariza davlat xizmatlari markazi yoki ijtimoiy xodim orqali topşiriladi. Şuningdek, “YaMIH” axborot tizimi, YaIDXP yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali mustaqil ravişda murojaat qiliş ham mumkin.
Har bir oila oyiga 1 marta bolalar nafaqasi va moddiy yordam uçun murojaat qilişi mumkin. Oyning 16-sanasigaça taqdim etilgan arizalar şu oyda, 16-sanadan keyin berilgan murojaatlar esa keyingi oyda körib çiqiladi.
Agar nafaqa yoki moddiy yordam tayinlaşni rad etiş uçun asoslar aniqlanmasa, tölov ariza körib çiqilgan oydan keyingi oydan “Yagona reyestr” axborot tizimida avtomatik tarzda tayinlanadi va tölanadi.
Şuningdek, “davlat ta’minotidagi oila” va “kambağal oila” toifasidagi oilalarga nafaqa va moddiy yordam ular mazkur toifadan çiqquniga qadar tayinlanişi qayd etildi. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdori esa qonunçilik hujjatlari bilan belgilanadi.












