Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ichki ishlar xodimi quvib yurgan tilanchi ayolni mashina urib yubordi
Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar xodimi bir guruh ayollarni quvib yurgani va ulardan birini mashina urib yuborgani tasvirlangan videolavha tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati mazkur holatga munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilishicha, hodisa joriy yil 29 iyun kuni Samarqand shahrida sodir bo‘lgan. Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB 5-son IIB xodimlari shaharning Beruniy ko‘chasida tilanchilik qilib yurgan ayollarni IIB binosiga olib bormoqchi bo‘lgan.
Ayollar esa ichki ishlar xodimlariga bo‘ysunmay, turli tomonga qarab qochib ketishgan. Ulardan biri yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib o‘tayotgan vaqtda, Beruniy ko‘chasida harakatlanib kelayotgan Spark mashinasi urib yuborgan.
Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:00
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:36 / 14.06.2026
Farg‘onada "Lasetti" qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
23:04 / 13.06.2026