Ayblov dalillar bilan asoslantirilmagan bölib çiqmoqda
Tergov va sud organlarining ğayriqonuniy qaror hamda hukmlari ortidan köplab insonlar nohaq ayblanib, aybsiz aybdor bölgani holda jazo ötaşga majbur bölgani haqida köp eşitamiz. Sönggi vaqtlarda jamoatçilik e'tibori markaziga tuşgan yana bir holatda şaxs haqiqatda sodir etilmagan qilmiş uçun jazoga tortilgan, tergov va sudning kör-körona ayblovlari ortidan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bölişi mumkin.
Toşkentlik Dmitriy Savilev avtomobil moylari importi bilan şuğullanuvçi yirik kompaniyaga direktorlik qilib keladi. Korxona muassislari örtasida kelib çiqqan mulkiy nizolar ortidan u tergovga tortiladi.
Toşkent şahar prokuraturasi Öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan Dmitriy Savilev 2019 yilning dekabridan 2020 yil 5 mayiga qadar kompaniyaning 10 mlrd 702 mln söm miqdordagi mulkini (asosan avtomobil moyi mahsuloti) özlaştirib yuborganlikda ayblanadi va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a” bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan ayblov xulosasi tuziladi.
Ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan Savilevning işi JIB Yakkasaroy tuman sudida körib çiqiladi va şu yil 5 fevraldagi hukm bilan u 6 yil-u 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.
Apellyatsiya şikoyati ham foyda bermaydi. Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça apellyatsiya hay'atining 6 maydagi ajrimi bilan hukm özgarişsiz qoldiriladi.
Kun.uz manbasining ma'lum qilişiça, hukmdan norozi Savilev va uning advokatlari tomonidan qayta va qayta şikoyat yozilavergaç, iş Boş prokuratura nazoratiga olinadi va tegişli boşqarma xodimlari tomonidan nazorat tartibida örganiladi. Yakunda Savilev işida tergov organi va sud tomonidan qator kamçiliklarga yöl qöyilgani aniqlanadi.
Jumladan, nazorat tartibida örganiş davrida Savilevga nisbatan qöyilgan ayblovlar tegişli hujjatlar bilan töla asoslantirilmagan, kompaniya moliyaviy faoliyati ustidan ötkazilgan soliq tekşiruvlarida jiddiy xatoliklarga yöl qöyilgan, degan xulosaga kelingan.
Soliq tekşiruvlarida Savilevning elektron imzosi bilan özlaştirilgan deb xulosa qilingan, soni bir neçta va qiymati bir neça milliard sömlik hisob-fakturalar aslida kompaniyaning amaldagi direktori tomonidan Savilev bu lavozimdan ozod etilganidan keyin imzolanganiga e'tibor qaratilmagan.
Sudlanuvçi Savilev öz söroqlarida u direktor bölib işlagan vaqtda “Grand Ravon oil” MÇJning respublika böylab turli manzillarda ijaraga olingan 4 ta omborxonasi bölganini aytgan. Ammo, noma'lum sabablarga köra tergov va sudlarda özlaştirilgani aytilgan mahsulotlar aynan qaçon va qaysi omborlardan olib çiqib ketilganiga oydinlik kiritmagan. Bu holatda soliq tekşiruvçilari ma'lumotlarni aynan Savilevning javobgarlikka tortilişidan manfaatdor bölgan “Grand Ravon oil” vakillaridan olgani işning xolis körilişiga Boş prokuraturada şubha uyğotgan.
Bundan taşqari, Savilevning “Grand Ravon oil” direktorligidan ozod etilganidan söng, 2020 yil 1 iyun kuni 2,7 mlrd sömlik tovar moddiy boyliklari firmaning yangi rahbari imzosi bilan boşqa firma hisobiga çiqarilgani fakti ham soliq tekşiruvlarining töğri xulosa qilganiga şubha uyğotgan.
Tergov va har ikkala sud instansiyasi Savilevni ayblaş uçun “Grand Ravon oil” MÇJda ötkazilgan soliq tekşiruvida 10,7 mlrd sömlik tovar-moddiy boyliklari kamomadi aniqlangani haqidagi xulosasida keltirilgan holatlarni inobatga olgan. Ammo, jinoyat işi doirasida söroq qilingan – şu kompaniyaning omborlari uçun moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlagan 5 nafar xodimlarning körsatmalarida tovar-moddiy boyliklarni Savilev özining şaxsiy maqsadlari yölida özlaştirib yuborganligini isbotlovçi konkret faktlar keltirilmagan.
Bundan taşqari, dastlabki tergov va sudda tovar-moddiy boyliklari (avtomobil moylari) Savilev tomonidan qanday yöl bilan özlaştirilgani, ya'ni qanday transport vositasida, qaysi ombordan qaçon olib ketilgani va kimga berib yuborilgani kabi holatlarga aniqlik kiritilmagan.
Şu kabi holatlarni inobatga olib, Boş prokuratura sud ajrimini bekor qiliş hamda işni yangitdan köriş kerak deb hisoblab, Oliy sudning jinoyat işlari böyiça sudlov hay'ati kassatsiya instansiyasiga protest kiritdi.
Kalavaning bir neçta uçi borga öxşaydi
Boş prokuraturaning aniqlaşiça, tergov davrida “Factor Auto Oil” MÇJ ta'sisçilaridan biri I.Siddiqovga qarşi körsatmalar berilgan. Masala şu nuqtaga yetganda kalavaning uçi bir neçta ekani oydinlaşganday böladi.
Ma'lum bölişiça, I.Siddiqov ustidan Savilev va uning turmuş örtoği IIVga şikoyat kiritib, unga tegişli bölgan firmaga uluş kiritişda aldov işlatilgani, şu yöl bilan Siddiqov firmani özga şaxslarning nomiga ötkazib yuborganini ma'lum qilgan.
Mazkur ariza bunga qadar IIVning Tergov departamenti iş yurituvida bölgan jinoyat işi materiallariga qöşilib, tergov harakatlari olib boriladi. Tergovda I.Siddiqov va A.Abduğafforovlarga nisbatan boşqa bir firma balansida bölgan juda köp miqdordagi mol-mulkini (katta ehtimol bilan ustav fondidagi uluşlarni) firibgarlik yöli bilan qölga kiritganliklari holati böyiça Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatiladi. Şundan söng I.Siddiqov va A.Abduğafforovlar jinoyat işida ayblanuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllaniladi (tergov harakatlari davom etmoqda).
Savilevning yaqinlari va advokatlari unga nisbatan qöyilgan ayblovlarning barçasi uyuştirilganini, aynan Siddiqov va boşqalar uning mol-mulklariga ega çiqiş uçun öylab topilgan tuzoqqa ilinib qolganini, Boş prokuraturaning protest kiritişiga sabab bölgan jinoyat işi esa qöşimça tergovga yuborilib, Siddiqov va boşqalarga oid jinoyat işi bilan birgalikda qayta körib çiqilişi kerakligini ta'kidlamoqdalar.
Huquq himoyaçisi ham xavotirda
Savilev ustidan sud jarayonlarini kuzatib borgan huquq himoyaçisi Abdurahmon Taşanov juda qisqa vaqt içida bu qadar yirik miqdordagi mahsulotlarni faqat bir kişi (Savilev) özlaştirib yuborişi jismoniy jihatdan amalda imkonsiz ekaniga e'tibor qaratdi.
“Işdan böşatilgan Savelev göyo 10,7 milliard sömlik moylarni öta qisqa muddatlarda talon-taroj qilganini hisoblab çiqdim. Salkam 11 millard sömlik avtomobil moylari örtaça 60 tonnalik sisternalarga joylasangiz, 11 vagon bölarkan. Moylarni furalarga böşatsangiz, 33 ta kattagina avtokolonna taşkil qilsa böladi. Demak, zamonamizning hali heç kim bilmaydigan supermeni Dmitriy Savelev karantin davrida heç bir şeriksiz önlab qöriqçilarni doğda qoldirib, tun-u kun işlab turadigan kameralarning nazariga tuşmay, şunça moyni iştonining lippasiga qistirib olib çiqib keta olgan. Qoyil!..” deya kinoyali fikr bildiradi “Ezgulik” jamiyati raisi.
Tasodifmi yoki...?
Yodingizda bölsa, Kun.uz avvalroq birinçi özbek kosmonavti Solijon Şaripov ta'sisçiligidagi kompaniya atrofida sodir bölayotgan voqealar haqida yozgan edi.
Unda özbekistonlik tadbirkor ayol Odinaxon Ğofurjonova öziga tegişli «Megatek Avto» MÇJning uluşlari noqonuniy yöllar bilan Rossiya fuqarolariga ötib ketganini aytgandi.
Buni qarangki, yuqorida aytganimiz – I.Siddiqovga nisbatan olib borilayotgan jinoyat işi tergovi Odinaxon Ğofurjonovaning şikoyatiga asosan qözğatilgan jinoyat işi bilan bitta bölib çiqdi.
E'tiborlisi şundaki, Savelev, Siddiqov va Ğofurjonovalar uçburçagi fazogir Solijon Şaripov ta'sisçilik qiladigan kompaniyalarda kesişadi.
Internetdagi oçiq manbalarga köra, Solijon Şaripov – Savelev 10,7 mlrd sömini özlaştirganlikda ayblangan “Grand Ravon oil” MÇJda 20%, Savilev özini şu kuyga tuşişiga sababçi deb hisoblayotgan Siddiqov iştirokidagi “Factor Auto Oil” MÇJda 15% va Odinaxon Ğofurjonova öziga qaytarib oliş uçun kuraşayotgan «Megatek Avto» MÇJda 20% uluşga ega.
Ta'kidlaş joiz, “Mas'uliyati çeklangan hamda qöşimça mas'uliyatli jamiyatlar töğrisida”gi qonunga köra, MÇJ iştirokçilari uning majburiyatlari böyiça javobgar bölmaydilar va jamiyat faoliyati bilan boğliq zararlar uçun özlari qöşgan hissalar qiymati doirasida javobgar böladilar.












