Kun.uz saytiga asli zominlik bo‘lgan tadbirkor ayol Odinaxon G‘ofurjonova murojaat qildi.
U o‘zi muassislik qilgan kompaniya (MChJ)dagi ulushlar Rossiya fuqarosi bo‘lgan qarindoshlari tomonidan hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan tortib olingani, keyinchalik bu kompaniyadagi ulushlar o‘zga shaxslar nomiga o‘tkazib yuborilgani, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi olib borayotgan tergov harakatlari esa asossiz ravishda harakatdan tugatilganini aytmoqda.
«2002 yilda ta'sis etilgan «Megatek Avto» MChJning 99,4 foiz (8,5 mlrd so‘m) ulushiga egalik qilib kelganman. 2019 yil may oyining boshlarida betob bo‘lib yotgan vaqtimda, shu firmada qisman ulushga ega bo‘lgan jiyanim sog‘lig‘imdan xabar olish uchun kelib, jamiyat ustav fondini oshirish uchun kiritilgan 1 mlrd so‘m pullarni hujjatlashtirib qo‘yaman deb, ustavni yangi tahrirda ro‘yxatdan o‘tkazish kerakligini aytib, menga A4 formatdagi bir necha bo‘sh qog‘ozlarga imzolar qo‘yib berishimni so‘radi
U mening jiyanim (ukamning o‘g‘li) bo‘lgani sabab ularga ishonganman. Kasal yotganim tufayli o‘z o‘rnimdan turolmaydigan bir ahvolda bo‘lsam ham bo‘sh qog‘ozlarning jiyanim ko‘rsatgan joylariga imzo qo‘ydim, keyin jiyanim darrov jo‘nab ketdi.
Bu vaqtda men ukam va jiyanim menga xiyonat qilishini bilmagan ekanman. Ota-bola meni aldash niyatida ekani va firibgarlik qilishi mumkinligini hatto xayolimga ham keltirmagandim», – deydi Odinaxon G‘ofurjonova.

Bu nizo Odinaxon G‘ofurjonovaning arizasi asosida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rilgan. Sud ta'sis hujjatlaridagi imzolarni uning o‘zi qo‘ygan deb ko‘rsatib, «MEGATEK AVTO» MChJning qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da'voni qanoatlantirishni rad etgan.
Ammo, Toshkent shahar iqtisodiy sudining 2020 yil 26 noyabrdagi xususiy ajrimi bilan, «MEGATEK AVTO» MChJning ta'sis hujjatlarini qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda shaxslarning harakatlarida aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish jinoyati alomatlari mavjudligi holatini tekshirib ko‘rish va jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun Toshkent shahar prokuraturasiga xabar qilingan.
Xususiy ajrim chiqarilganidan bir hafta o‘tib – 2020 yil 3 dekabr kuni Chilonzor tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Odinaxon G‘ofurjonovaning Rossiya Federatsiyasi fuqarolari bo‘lgan ukasi va jiyaniga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi to‘rtinchi qismi «a» bandi
















