2025 yil 11 fevral kuni 7-sonli jazoni ijro etiş koloniyasida jazo muddatini ötagan mahkum M.T. bir qavatli binoning devorlarini buzayotgan vaqtida devor qismi qulab, bosib qolgan.
Boş prokuratura xabariga köra, mahkum M.T. zudlik bilan şifoxonaga joylaştirilgan.
Biroq, şifokorlar tomonidan körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan mahkum 16 fevral kuni şifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat böyiça Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda Toşkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uçun, 7-sonli jazoni ijro etiş koloniyasi Toşkent viloyati Tovoqsoy qörğonida joylaşgan.












