Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyat masalasida Vladimir Putin bilan qo‘ng‘iroqlashdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 iyul kuni Tojikiston va Rossiya Federatsiyasidagi hamkasblari bilan telefon orqali suhbatda Afg‘onistonda murakkablashayotgan vaziyatni muhokama qildi.
5 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmatiga ko‘ra, muloqotda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash va xalqaro kun tartibidagi dolzarb jihatlar masalasida so‘z borgan.
“Prezidentlar Afg‘onistonning shimoliy hududlaridagi ahvol yomonlashishi munosabati bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatning rivojiga alohida to‘xtalib o‘tdilar. O‘zbekiston va Rossiyaning vakolatli idora va tashkilotlari o‘rtasidagi muntazam muloqotlar va yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi”, – deyiladi rasmiy relizda.
Shavkat Mirziyoyev shu kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan ham Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi.
5 iyulda, shuningdek, Rossiya va Tojikiston prezidentlari telefon suhbati ham bo‘lib o‘tdi. Unda Putin Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyatda Tojikistonga zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
08:29 / 18.06.2026