Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi raisi bilan uchrashadi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV uchun o‘tkazilgan an'anaviy brifingda joriy haftada davlat rahbari ishtirokida qanday tadbirlar rejalashtirilgani to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu hafta BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir bilan uchrashadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘tkazilayotgan brifingda ma'lum qilindi.
«Bu haftada ham bir qator tadbirlar kun tartibiga kiritilgan. Jumladan, bugun qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarining transformatsiyasi yuzasidan taqdimot o‘tkaziladi.
Ertaga, 6 iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir bilan uchrashuv rejalashtirilgan.
8 iyul kuni Olimpiya zaxiralarini tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish, 9 iyul kuni raqamlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazilishi mo‘ljallangan», dedi Sherzod Asadov.
Mavzuga oid
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
14:58 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024