Özbekiston Nogironlar huquqlari töğrisidagi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qildi. Bu – nogironligi bor şaxslar huquqlari faollaridan iborat turli onlayn guruhlarda bayram sifatida kutib olindi.

Ratifikatsiya neça yillardan beri yeçilmay kelayotgan muammolar hal qilinişiga turtki böladi, deb umid qilinyapti.

Masalan, Özbekistonda işlay oladigan nogironligi bor şaxslar 346 mingdan oşiq. Ammo ularning 7 foizigina rasmiy ravişda iş bilan ta'minlangan.

Nogironligi bor şaxslarning iş topiş ehtimoli nogironligi bölmagan şaxslarga nisbatan qariyb 4 baravarga kamroq.

Yoki, jismoniy jihatdan işlay oliş imkoni köproq bölgan eşitişi zaif fuqarolarning ham atigi bir foizi iş bilan ta'minlangan. Nogironligi bor bolalarning ta'lim olişida ham yetarliça muammolar bor, pandemiya esa buni yanada aniq körsatdi.

Aynan şuning uçun ham xalqaro konvensiya ratifikatsiya qilinişi işsizlik, ta'lim va boşqa qator muammolarni yeçişga turtki, asosiy dastur bölişidan umid qilinmoqda.

“Imkoniyatlar çeklanişiga sabab – tanadagi nuqson emas, jamiyatdagi notenglik”

Dilmurod Yusupov, Buyuk Britaniyaning Sasseks universiteti, Taraqqiyot tadqiqotlari instituti doktoranti:

— Konvensiya ratifikatsiya qilinişi bilan, birinçi navbatda, nogironlikning qonuniy ta'rifi tubdan özgardi. Afsuski, bizning milliy qonunçiligimizda nogironlik insonning tana funksiyasi buzilişiga tenglaştirilib kelingan. Hatto oxirgi qabul qilingan “Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisida”gi