Janubiy Amerikadagi Surinam davlati prezidenti Çan Santoxi neft va gaz daromadlaridan mamlakatning barça fuqarolariga tölovlarni nazarda tutuvçi «hamma uçun royalti» dasturini e’lon qildi. Har bir surinamlik öz jamğarma hisobiga 750 dollar miqdorida bir martalik tölov oladi.

Prezidentning ta’kidlaşiça, bu orqali mamlakat aholisi «neft va gaz qazib olişdan foyda köriş» imkoniyatiga ega böladi.

Noyabr oyi boşida qöşni Gayana neft va gaz daromadlaridan tölovlarni e’lon qildi – u yerda har bir fuqaroga taxminan 480 dollar tölanadi.

2015 yilda Surinam va Gayana hududiy suvlarida yirik neft va gaz konlari topildi. Joriy yilning oktyabr oyida Fransiyaning Total kompaniyasi Surinam qirğoqlarida neft qazib oliş loyihasini işga tuşirganini e’lon qildi, unga investitsiyalar 10,5 milliard dollarni taşkil etdi.

Surinamning yillik yalpi içki mahsuloti 3,4 milliard dollarni taşkil etadi, ba’zi prognozlarga köra, mamlakat neft va gaz eksportidan 10 milliard dollarga yaqin daromad olişi mumkin.