Diskriminatsiya, közböyamaçilik va işlamaydigan qonun. Eşitişi zaif insonlarni kim eşitadi?
|21:38 / 03.12.202013 01010 min
Özbekistonda 35 ming nafar eşitişi zaif odamlar yaşaydi. Ularning atigi bir foizi iş bilan ta'minlangan. Ular ham soğlom odamlar qatori işlaşga harakat qilişadi, lekin işga kirişdagi muammolar, noteng iş şaroiti bunga imkon bermayapti. 2017 yilda futzal böyiça jahon çempioni bölgan özbekistonlik kar-soqovlar jamoasi esa maşğulotlarni qişda ham oçiq havoda ötkazişyapti, sportzal esa xarob ahvolda...
Biz kundalik hayotda eşitadigan tovuşlar şu qadar köpki, köpinça ularning hammasini eşitaverişdan çarçaymiz.
Lekin atrofimizda şunday odamlar borki, ular eşitişmaydi, biz ham ularni eşitmaymiz, ya'ni ularning köpçiligi gapirolmaydi ham. Lekin ularning ham öz tili bor, ular şu tilda gaplaşişadi, muhokamalar qilişadi, fikrini ifoda etadi.
Şuningdek, ular bizni tuşunişadi, ular bizga yaqin, ular biz bilan bitta şaharda, bitta mahallada, bitta köçada, ehtimol, bitta şift ostida yaşaydi.
Biz ularni şunçaki kar-soqovlar deb bilamiz. Aslida, ular biz bilan bir xil. Ular boşqalar kabi öqişi, işlaşi mumkin, lekin ularga bizday bölişga, bir xil işlaşga, bir xil şaroitda yaşaşga aynan biz – soğlomlar imkon bermayapmiz.
Şu sababli bugun Özbekistonda 35 ming nafar kar-soqovlarning atigi 1 foizi iş bilan ta'minlangan, xolos.
«Kar-soqovlarni iş bilan ta'minlaş esa juda oğir masala. Sababi ularning tilini tuşunadiganlar juda kam.
Ularning qöl-oyoği butun, ular tilançilik qilişdan köra işlaşni xohlaşadi», – deydi Özbekiston nogironlar uyuşmasi raisi Oybek Isoqov.
Oybek Isoqov
Yaqinda «Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisida»gi qonun qabul qilindi (qonun 2021 yil 16 yanvardan kuçga kiradi). Unda 20 kişidan köp odam işlovçi taşkilotda nogironlar uçun 3 foizlik alohida kvota ajratilişi nazarda tutilgan.
Oybek Isoqovning sözlariga köra, bunga oid norma azaldan bölgan, ammo amalda deyarli işlamagan.
«Mehnat birjasiga borilsa, ularga ham umumiy vakansiya körsatiladi, lekin umumiy vakansiya orqali işga borişsa, nogironligini körib, biz bu öringa odam olib qöydik, deyişadi», – deydi Özbekiston nogironlar uyuşmasi raisi.
Mavzuga oid
«Bizga gapiradigan işçilardan köra kamroq oylik berişardi»
Guli Aliyeva va Jumagul Jumaniyozova ham eşitmaydi. Ular şu kunga qadar köp joylarda işlab körişgan. Işsiz paytlari esa iş topişga harakat qilişgan. Ular hozir ham işsiz.
Jumagul Jumaniyozovaning aytişiça, işlagan joylarida kar-soqov xodimlarni ajratiş holatlariga köp duç kelgan.
«Masalan, akkumulyator zavodida işlaganimda, biz soqovlarni olib qolib, hududni supurtirişardi. Gapira oladigan işçilar esa uyiga ketardi», – deydi u.
Jumagul Jumaniyozova
Jumaniyozovaning aytişiça, u işga kirmoqçi bölib köp harakat qiladi. Lekin işga kirgan joylarida oyligini kam qilib berişadi yoki ozgina kamçilik bilan işdan haydaşadi. Gapiradigan odamlar bilan bir xil işlasa ham, kamroq oylik berişgan.
«Agar men ham gapira olganimda, işga kirişim oson bölardi, yaxşi joyda işlardim. Çunki mehnat qila olaman. Soqovlarni ajratişadi, agar gapira olganimda, meni ajratişmagan bölardi», – deb hisoblaydi u.
Bloger Ma'mur Ahliddinov eşitişi zaif bölgan fuqarolar muammolari haqida doimiy materiallar e'lon qilib boradi. U kar-soqov insonlarning köçada breloklar, bayroqçalar sotib kun körişidan xavotirda. Ular ham öqimişli bölişi, yaxşi joylarda işlaşi mumkin, degan fikrda.
2018 yilda prezident Şavkat Mirziyoyev Karlar madaniyat markaziga taşrif buyurganda, aholining mazkur qatlami savodxonligi, tarbiyasi, işlaşi, dam oliş va davolaniş şaroitlarini yaxşilaş maqsadida alohida qaror tayyorlaş böyiça topşiriq bergan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
«Prezident kelganda yangiliklarni öqib xursand bölgan edim. Prezident karlarning ham şaroitini yaxşilaş uçun buyruq bergan edi-ku. Iş bilan ta'minlaş, tarjimonlarga qulayliklar yaratiş haqida», – deydi Ma'mur Ahliddinov. Ammo, uning aytişiça, ikki yil içida sezilarli yangilik bölmagan.
«Prezident kelganda mana şu yerda tikuv sexi oçilgan edi. Yotoqxona ham yaqin joyda, işga qabul qilişgan edi. Köpçilik, men özim ham xursand bölgan edim. 2ta blok noma'lum sabablarga köra begonalarniki edi, hozir uçinçi blok ham begonalarniki bölgan, hokimiyat esa bizga javob bergani yöq», – deydi bloger.
«Taşrif arafasida oçilgan tikuv sexi yopilib ketdi, şundan beri işsizman»
Öşa taşrif davomida prezident Özbekiston karlar jamiyati hududida taşkil etilgan va 100dan ziyod xotin-qiz işga joylaştirilgan tikuvçilik korxonasi bilan ham tanişgan edi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
«2018 yilda kar-soqovlar hududimizda aynan biz uçun tikuv sexi oçilgandi. Men öşa yerda işlaganman, lekin sex hozir yopilgan. Öşa yerda işlaganimda ham oyligim juda kam edi. Men 600 ming söm olgan bölsam, boşqa gapiradigan işçilar 800-900 ming olardi. Men eşitmaganim uçun nimaga unaqa ekanini bilmasdim.
Hozir tikuv sexidan böşaganimdan beri heç qayerda işlamayman, lekin mehnat birjasi orqali sartaroşlik kursida öqiyapman. Bitta öğlim bor, uni onamga berib yuborganman, işlamaganim uçun boqişga kuçim yetmaydi», – deydi öşa tikuv sexida işlagan Guli Aliyeva.
«Davlatning özi ham talabni bajarmayapti»
Nogironlar jamiyati raisi Oybek Isoqovning ta'kidlaşiça, nogironligi bölgan şaxslarni 3 foizlik kvota asosida işga olişni dastavval davlat taşkilotlarida joriy etiş lozim.
«Davlat özi namuna bölib özidan, boşlasa bölardi. Tadbirkor ham «davlat özi 3 foizlik kvotani bajarmayapti, nega bizga osilasiz», deb aytişi mumkin.
Koreyada davlat taşkilotlarida 7 foiz nogironlar işlaydi. Özbekistonda esa davlat taşkilotlarida 0,001 foiz nogironlar işlaydi.
Nima qiliş mumkinligi haqida ham öylayapmiz. Nogironlarni işga jalb qiladigan korxonalarimiz ham bor. Davlat kvota asosida ular işlab çiqqan mahsulotlarni sotib olsa, davlatning puli nogironlarni iş bilan ta'minlaşga ketardi», – deydi Oybek Isoqov.
Prezident taşrif buyurganda kar-soqovlar sport zali ta'mirlangan deb xabar berilgan
Imkoniyati çeklanganlar sporti ham açinarli ahvolda. 2017 yilda futzal böyiça jahon çempioni bölgan özbekistonlik imkoniyati çeklangan yoşlar esingizdami?
2017 yil Tailandda bölib ötgan U-18 World Deaf Futsal Championship ğolibi bölgan Özbekiston terma jamoasi
Öşanda hamma ğururlangan, xursand bölgan edi. Lekin Özbekiston bayroğini yuqori kötargan öşa yoşlarning ba'zilari hozirgi sovuqda ham oçiq havoda şuğullanyapti.
Köpçilik esa jamoani taşlab ketgan.
Jamoa şuğullanadigan zalning ahvoli esa juda xarob. Bino ta'mirga muhtoj, isitiş tizimi işlamaydi.
Lekin prezident 2018 yilda Kar-soqovlar madaniyat markaziga taşrif buyurgan paytda kar-soqovlar sport zali ham ta'mirlandi, deya xabar berilgan. Aslida esa, sportzal qaçon ta'mirlanganini bino ahvoliga qarab hattoki taxmin qilib bölmaydi.
Prezident taşrifi arafasida, aftidan sportzalning faqat fasadi ta'mirlangan xolos. Uşbu suratdagi futbol maydonining ortida körinib turgan sportzal binosining içkarisidagi ahvol bugun qay holda ekanini yuqoridagi suratlarda körişingiz mumkin.
«Çempionlarimiz bor, lekin şaroitimiz yöq»
Eşitişi zaif yoşlar jamoasi murabbiyi Murodjon Ahmedovning qayd etişiça, agar yoşlarga imkoniyat yaratib berilsa, ular 2017 yilgi natijasidan ham kattaroq yutuqlarga erişişi mumkin.
«Sport böyiça ham jahon va Osiyo çempionlarimiz bor. Lekin afsuski, respublika böyiça nogironlarning sport bilan şuğullanişi uçun markazlar yöq. Paralimpiya qömitasi bor, lekin ularning özlarida muammolar yetarli.
Masalan, Qozoğistonda nogironlarni sportga jalb qiliş markazlari bor. Bu markazlarda hamma şaroit qilingan. Bizda çempionlar böla turib heç narsamiz yöq», – deydi afsus bilan Oybek Isoqov.
Eşitişi zaif insonlar orasida ma'lumotlilar juda kam
Rustambek Ğoibov 2017 yili çempion bölgan jamoa a'zolaridan biri, hozir u bilan yana ikki kişi jamoada. Qolganlar turli sabablar bilan yo futbolni, yo jamoani tark etgan.
«Men zaif etişuvçiman, lekin gapiradiganlar jamoasida katta futbolda öynaş orzuyim bor. Mana hozir şuğullanyapmiz, oldinda katta musobaqalar bor. Hozir ösiş uçun köp maşq qilişim kerak. Ğolib bölib kelişga umid qilamiz.
Töğrisini aytsam, biz zaif eşituvçilarga ham e'tibor kerak. Yaxşi natijalarni körsatiş uçun şaroitlar kerak. Faqat futboldan emas, boşqa sport turlarini ham rivojlantiriş kerak. Davlat tomonidan biroz şaroit yaratib berilsa, zallarimiz ta'mirlab berilsa, kelajakda Olimpiya öyinlarida yaxşi natijalar körsata olişimizga işonaman», – deydi u.
Sportçining aytişiça, Özbekistonda eşitişi zaif odamlar örtasida ma'lumotlilar juda kam. Ularga bilim, ma'lumot kerak.
«Viloyatlarda örtoqlarim bor. Bilimi yöqligi uçun institutlarga kira olişmagan. Şu sabab bilan yomon yöllarga tuşib qolişlari mumkin. Ularning ham ma'lumoti bölsa, öz yönalişida işlasa yaxşi bölardi», – deydi jahon çempioni Rustambek Ğoibov.
Maqolamizni nogironlar uyuşmasi raisi Oybek Isoqovning quyidagi sözlari bilan yakunlaşni joiz topdik:
«Nogironlarga pensiya emas, iş kerak. Biz ham işlaşni xohlayapmiz. Biz birovga muhtoj, birovga yuk bölişni xohlamayapmiz. Işlaş orqali bizning ham vatanimizga, xalqimizga nafimiz tegsin».