29 may kuni Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisida Nogironlar huquqlari töğrisidagi xalqaro konvensiya senatorlar tomonidan körib çiqildi va ma'qullandi.

Konvensiyaning ratifikatsiya qilinişi Özbekistonda nogironlar huquqlarini himoya qilişni ta'minlaş uçun qöşimça kafolatlar yaratiş imkonini beradi. Şuningdek, qonunçilikni yanada takomillaştiriş uçun dastur bölib xizmat qilişi, nogironlarni ijtimoiy himoya qiliş va ular uçun teng imkoniyatlarni ta'minlaş nuqtai nazaridan davlat organlarining javobgarligini kuçaytirişi ta'kidlandi.

Konvensiya qabul qilinişi:

  • birinçidan, nogironlarni ijtimoiy himoya qiliş milliy tizimini ilğor xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş;
  • ikkinçidan, nogironlarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş uçun xalqaro va xorijiy grant mablağlarini jalb qiliş imkoniyatlarini yaratiş;
  • uçinçidan, aholini ijtimoiy himoya qiliş borasida Özbekistonning xalqaro imijini yaxşilaş imkonini beradi.

Konvensiya nogironlarning huquqlarini himoya qiliş va qöllab-quvvatlaş, ularga nisbatan kamsitişga barham beriş, ularning mehnat qiliş, öz soğliğini asraş, ta'lim oliş va jamiyat hayotida tölaqonli iştirok etiş huquqini ta'minlaş, odil sudlovga erişiş, şaxsiy daxlsizligi, ekspluatatsiya qilinişdan va suiiste'mollikdan himoyalanişini, erkin harakatlanişini, şaxsiy mobilligini ta'minlaşga qaratilgan 50 ta moddadan iborat