Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya Belarus prezidenti va uning o‘g‘illariga qarshi sanksiyalar kiritdi
Shveytsariya Yevropa ittifoqining Belarusga qarshi sanksiyalar kiritish qaroriga qo‘shildi. Shveytsariyaning sanksiyalar ro‘yxatiga Belarusning 78 nafar jismoniy shaxsi va 7ta tashkiloti kiritilgan.
Jumladan, sanksiyalar ostiga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, uning o‘g‘illari Viktor va Dmitriy hamda to‘ng‘ich o‘g‘li Viktorning rafiqasi Liliya ham tushgan.
Bundan tashqari, sanksiyalar ro‘yxatiga rossiyalik biznesmen Mixail Gutseriyev ham kiritilgan.
Iyunda Yevropa ittifoqi Belarusda inson huquqlari buzilishiga javoban 78 nafar belaruslik jismoniy shaxs va 8ta tashkilotga qarshi sanksiyalar kiritgandi.
Bundan avvalroq, iyunda Yevropa ittifoqi kengashi Belarus aviakompaniyalariga Yevropa ittifoqi davlatlari havo hududidan foydalanish hamda aeroportlariga kirish taqiqlanishini e'lon qilgandi.
Ayni vaqtda Belarusning 166 jismoniy va 15 yuridik shaxsi Yevropa ittifoqi sanksiyalari ostida qolmoqda.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
21:21 / 03.06.2026
Shveytsariyada yer ostida dunyodagi eng katta batareya qurilmoqda: u quyosh va shamoldan quvvat oladi
09:02 / 29.05.2026