Jahon | 08:50 / 07.07.2021
7574
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyalik ayol Olimpiada o‘tkazilishiga norozilik sifatida Olimpiya mash'alasini o‘chirishga urindi

Foto: Getty Images

Yaponiyalik 53 yoshli ayol Tokioda Olimpiadaning o‘tkazilishiga norozilik sifatida Olimpiya mash'alasini o‘chirishga harakat qildi.    

Ayol Olimpiya mash'alasi estafetasi vaqtida mash'alani olib ketayotgan ishtirokchining yaqinlashishini poylab turib, so‘ngra suv purkovchi o‘yinchoq to‘pponchadan alangani o‘chirmoqchi bo‘lgan. U bunda “Olimpiya o‘yinlariga yo‘q!” deb baqirgan. Shundan keyin ayol hibsga olingan.  

2020 yilda o‘tishi kerak bo‘lgan Tokio Olimpiadasi pandemiya sababli 2021 yilga qoldirilgandi. O‘yinlarni 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tkazish rejalashtirilgan.

Koronavirus tarqalishi xavfi sababli Olimpiada musobaqalarini xorijiy tomoshabinlarsiz o‘tkazishga qaror qilindi. 21 iyunda tribunalarga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan mahalliy tomoshabinlar soni 10 ming kishi bilan cheklanib qo‘yilgan. Shu bilan birga sport obektlarining musobaqalar vaqtida muxlislar bilan to‘lishi ular sig‘imdorligining 50 foizidan oshmasligi kerak.

O‘yinlar davomida epidemiologik vaziyat  yomonlashgudek bo‘lsa, cheklovlar qat'iylashtirilishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid