Iqtisodiyot | 21:20 / 13.07.2021
32402
1 daqiqa o‘qiladi

Moliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Moliya vazirligi Davlat xaridlari departamenti direktori Gulnora Rahimova vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

Gulnora Rahimova tayinlovga qadar Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i o‘rinbosari – Davlat xaridlari departamenti rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Bu haqda Kun.uz'ga vazirlik axborot xizmati ma'lum qildi.

Rahimova 1995-2014 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2014-2019 yillarda Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazida katta o‘qituvchi va kafedra mudiri bo‘lib ishlagan.

2019 yilda Moliya vazirligi g‘aznachiligi Davlat xaridlarini boshqarish va monitoring boshqarmasi boshlig‘i, 2019-2020 yillarda vazirlik Davlat xaridlari departamenti direktori vazifasida faoliyat yuritgan.

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, Gulnora Rahimova 2021 yil 22 aprel kuni qabul qilingan yangi tahrirdagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun mualliflaridan biri sanaladi.

Mavzuga oid