Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya kontrrazvedkasi rahbari Rossiya va Xitoy josuslaridan hushyor bo‘lishga chaqirdi
Ma'lumot berilishicha, Britaniya razvedkasi xorij josuslari oddiy fuqarolarni o‘z xizmatiga jalb qilishga uringan 10 mingta holatni qayd etgan.
Foto: AP Photo / Matt Dunham
Buyuk Britaniya Rossiya va Xitoy josusligiga xuddi terrorizm tahdidiga qaragandek diqqat bilan yondashishi kerak, dedi Britaniyaning MI5 razvedkasi rahbari Ken Makkallam. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Makkallamning so‘zlariga ko‘ra, xorij josuslari Britaniya texnologiyalarini o‘g‘irlashga, nifoq solishga va infratuzilmani izdan chiqarishga urinmoqda.
Uning aytishicha, Xitoy va Rossiya agentlari tijoriy muhim ma'lumotlar va intellektual mulkni o‘g‘irlashga hamda siyosatga aralashish va yolg‘on axborotlar tarqatishga harakat qilgan.
Ma'lumot berilishicha, Britaniya razvedkasi xorij josuslari oddiy fuqarolarni o‘z xizmatiga jalb etishga uringan 10 mingta holatni qayd qilgan.
MI5 1909 yilda tashkil etilgan bo‘lib, dastlab Germaniya tahdidiga qarshi faoliyat olib borgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa sobiq SSSR agentlariga qarshi kurashgan.
Mavzuga oid
10:53 / 24.12.2025
Greta Tunberg Londonda Falastinga bag‘ishlangan aksiyada qo‘lga olindi
18:13 / 19.12.2025
Britaniya «Rossiya bilan aloqalari tufayli» O‘zbekistonning 4 ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
22:28 / 17.12.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan olgan daromadini Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishni talab qildi
12:08 / 17.12.2025