Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda davlat xizmati ko‘rsatishda qariyb 8 700 ta qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilgan
2021 yilning 6 oyida DXA Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda aholi va tadbirkorlarga davlat xizmati ko‘rsatish bo‘yicha 8 680 ta qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Boshqarma bo‘lim boshlig‘i Hafiz Boboqulovga ko‘ra, vakolatli organlar tomonidan 2 889 ta holatda murojaatlarni ko‘rib chiqishda muddat buzilgan, 766 ta holatda to‘g‘ridan to‘g‘ri xizmat ko‘rsatilgan, 277 ta holatda ortiqcha hujjat talab qilingan, 146 ta holatda esa murojaatlar asossiz rad etilgan.
Qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 8 ta taqdimnoma va 137 ta ogohnomalar kiritilgan hamda 99 nafar shaxsning ma'muriy javobgarlik masalasi hal qilingan.
Mavzuga oid
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026
“Ikkita mehmonxona qurilishini bilaman” - Turizm qo‘mitasi raisi Buxoro turizm markazi haqida
08:32 / 21.05.2026