Turkiya «Tolibon»ning qat'iy ogohlantirişini qanday «öqidi». Turk harbiylari Afğonistonda nima uçun qolmoqda?
|20:27 / 15.07.202154 33314 min
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
«AQŞ, NATO va Turkiyaning Hamid Karzay aeroportidagi vazifalari nimadan iborat böladi, bu yerda nimalarni qabul qilamiz-u nimalarni qabul qilmaymiz – biz hozir bu haqda bir qarorga keldik», dedi prezident Rajab Toyyib Erdöğan juma kuni Diyorbakirda jurnalistlar bilan bölgan suhbatda.
Avvalgi bayonotlar bilan bir qatorda, uşbu çiqişdan Turkiyaning Afğoniston poytaxti Kobul aeroportida qoliş masalasi qat'iylaşgani anglaşilmoqda.
Biroq hali ma'lum bölmagan yoki jamoatçilikka ma'lum qilinmagan köplab tafsilotlar mavjud.
Ayni paytda «Tolibon» seşanba kuni e'lon qilgan bayonotida Turkiyaning Kobul xalqaro aeroporti xavfsizligini ta'minlaşga qaratilgan qadamlarini «jirkanç» deb ta'rifladi. «Bu qaror şoşilinç qarordir va u suverenitetimiz, hududiy yaxlitligimiz va milliy manfaatlarimizga ziddir», deyiladi mazkur bayonotda.
«Tolibon»ning javobi nimani anglatadi?
Toliblarning çet ellik harbiylarga qaratilgan bayonotini Anqara «Bu yerda biz xöjayinmiz» degan ma'noda qabul qilmoqda.
Seşanba kuni töğridan töğri Turkiya nişonga olingan bayonot ham uşbu bayonotlarning davomi sifatida talqin qilinmoqda.
Anqara bu muammoni «Tolibon» bilan muzokaralarda bartaraf etiş mumkinligi va uşbu missiya toliblarga qarşi emas, balki faqat aeroport xavfsizligini ta'minlaşgagina qaratilganini ta'kidlamoqda.
Ayni masalada ma'lumot bergan Turkiya xavfsizlik xodimi AQŞ çiqib ketganidan keyin toliblar xalqaro miqyosda tan olinişga urinişi, buning uçun ular Rossiya, Eron va Xitoy bilan muzokaralar boşlaganliklari, şuning uçun ham ular tajovuzkor munosabatda bölmasliklarini ta'kidladi: «Töğri, ular amerikalik askarlarni bosqinçi, deb bilişadi. Ammo bizning aloqamiz bor, ular bizda bosqinçilik maqsadi yöqligini bilişadi. Bu ramziy bayonotlardir. Orqa fonda xalqaro hamjamiyatga qaratilgan «Bizning aytganimizdan boşqa heç narsa bölmaydi» degan xabar bor. Şuning uçun Turkiyaga nisbatan tajovuzkor munosabatda bölinadi, deb öylamaymiz».
Turk diplomatik manbalari ham bu missiya «afğon xalqi manfaati uçun» ekanligini ta'kidlamoqda: «Tolibon»ning mamlakatdagi barça çet ellik askarlarning ketişiga munosabati yaxşi ma'lum. Ammo afğon xalqi oldida turgan jiddiy gumanitar inqiroz şaroitida körib çiqilayotgan vazifa barça afğon xalqi manfaati uçun ekanini ta'kidlaşda davom etadi».
Mavzuga oid
Afğonistonda nazorat kimda? Manba: BBC afğon xizmati, 12 iyul, 2021 yil
Aeroport xavfsizligini ta'minlaşni Turkiyadan kim söradi?
Afğonistonda 2002 yilda boşlangan Xalqaro xavfsizlik yordam kuçlari (ISAF) jangovar operatsiyasi 2014 yil oxirida yakunlangaç, Afğoniston 2015 yil boşidan butun mamlakat xavfsizligi uçun javobgarlikni öz zimmasiga olişi töğrisida qaror qabul qiladi.
Ammo xavfsizlik, iqtisodiy va ta'lim körgan inson resurslari yetişmovçiligi sabab Afğoniston aeroportlar xavfsizligini ta'minlay olmadi. Şu bois, Hamid Karzay xalqaro aeroportining harbiy qismini boşqarişni Turkiya öz zimmasiga oladi.
Turkiyaning uşbu sohadagi tajribasi va Afğonistondagi kuçlarga ta'sir körsatuvçi mintaqa davlatlari bilan ham yaxşi aloqada ekanini hisobga olgan holda, mazkur ğoya ilgari surildi.
Anqaradagi yuqori lavozimli rasmiyning ta'kidlaşiça, Turkiya uşbu talabdan mamnun.
Diplomatik manbalarga köra, «Turkiya NATOning qat'iyatli qöllab-quvvatlaş amaliyoti doirasida 2015 yildan beri Kobuldagi Hamid Karzay xalqaro aeroportining xavfsiz işlaşi uçun javobgarlikni öz zimmasiga olib kelmoqda va bu borada katta tajriba töplangan».
Ayni şu manbalar quyidagiça bayonot berdi: «NATO missiyasi tugagandan söng, Afğonistondagi diplomatik vakolatxonalar va xalqaro yordam taşkilotlari öz faoliyatini davom ettirişlari nuqtayi nazaridan aeroportning xavfsiz işlaşi muhim ahamiyatga ega. Şu ma'noda, barça afğonlar manfaati uçun biz uşbu işni davom ettiriş niyatida ekanimizni Afğoniston hukumatiga bildirdik».
Ma'lumot uçun, aeroport xavfsizligi şu kungaça asosan AQŞ rahbarligi ostida amalga oşirilayotgan edi.
AQŞ Mudofaa vazirligi rasmiysining ta'kidlaşiça, mazkur hamkorlik «Mudofaa sohasidagi AQŞ-Turkiya hamkorligiga ahamiyat berilganini körsatadi».
Harbiylar qanday şaroitda Turkiyaga qaytariladi, bu haqda kim buyruq beradi?
Turkiya xavfsizlik xodimi missiya NATO doirasidan çiqarilişi sababli, turk askarlari Turkiya bayroği ostida xizmat qilişini, buyruqlar ham Turkiya tomonidan berilişini ta'kidladi.
Amerikalik rasmiy esa aeroport bilan boğliq xavfsizlik xavotirlari mavjudligini va ikki mamlakat u yerda xavfsizlikni ta'minlaş masalasida «muvofiqlaşgan bir şaklda harakat qilişi»ni bildirdi.
AQŞ razvedka xizmati böyiça Kobuldagi aeroportda turk askarlarini qöllab-quvvatlaşi kutilmoqda.
Turkiya diplomatik manbalari turk askarlarining belgilangan missiya doirasida vazifasini bajarişi uçun huquqiy asoslarini yaratiş böyiça Afğoniston hukumati bilan muzokaralar davom ettirayotganini bildirdi.
«Tabiiyki, uşbu missiyani amalga oşiriş uçun dastlab Turkiya Buyuk Millat Majlisidan ruxsat olinişi lozim. Har holda, missiya jangovar xarakterga ega bölmagan va aeroport xavfsizligi bilan çeklangan yöriqnomaga ega bölişi közda tutilmoqda, özini himoya qilişni talab qiladigan vaziyatlar esa bundan mustasno».
Uşbu şaroitda, xuddi Liviya bilan 2019 yil oxirida tuzilgan bitim singari, Afğoniston hukumati bilan yozişmalar olib borilgandan söng, Turkiya parlamentining qarori talab qilinadi.
Ayni paytda aeroportga töğridan töğri hujum qilinmagunça turk askarlarining heç qanday tarzda uruşda qatnaşişi rejalaştirilmayapti. Turkiya harbiylari aeroport hujumga uçragan taqdirda uning xavfsizligini ta'minlaş uçun çeklangan jangovar vazifalarni bajaradilar.
Afğonistondagi missiyani amalga oşirişda Turkiyaning qanday strategik manfaati bor?
Bu – Turkiya zimmasiga oladigan vazifa bilan boğliq eng muhim savollardan biridir.
AQŞ 20 yil davomida olib borilgan kampaniyani natijasiz yakunlamoqda. Endilikda mamlakatda toliblar tez sur'atlar bilan kuçayib bormoqda.
AQŞning heç qanday şartlarsiz çiqib ketişiga amin bölgan toliblar Afğoniston hukumati bilan muzokaralar olib borişdan boş tortdi. Uşbu jarayonda esa Afğoniston hukumatining siyosiy va harbiy nazoratni uşlab turişga qodir kuçi yöqligi ayon bölib qoldi. Ötgan 20 yil içida aeroport xavfsizligini ta'minlaş uçun afğonlarning biror maxsus bölinmasi yoki xavfsizlik kuçlari taşkil qilinmadi.
Aeroportga nomi berilgan, AQŞning aralaşuvidan söng taşkil etilgan, AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlangan birinçi hukumat rahbari Hamid Karzay bu holatni quyidagiça izohladi: «Ular radikalizmni tugatiş va barqarorlikni tiklaş uçun kirişdi, lekin ikkalasiga ham erişmasdan çekinişmoqda».
NATO missiyasi doirasida Turkiyaning mamlakatda 600ga yaqin askari mavjud edi. Mana şunday bir şaroitda Afğonistonga uşbu missiya bilan kirib kelayotgan Turkiya nega bu tavakkal va xavfli işga qöl urmoqda?
Pokiston, Eron, Turkmaniston, Özbekiston, Tojikiston va Xitoy bilan, ya'ni çegaradoş qöşnilar örtasidagi avtomobil va temir yöllardan taşqari, Afğonistonning dunyo bilan aloqasi havo yöli orqali, asosan, Hamid Karzay aeroporti orqali ta'minlanadi. Şu sababli, Turkiya zimmasiga oladigan vazifa juda muhim.
Turkiya xavfsizlik xodimi aeroport uruş maydoni bölmasligi kerakligini va çet el vakolatxonalari, diplomatik vakolatxonalarga kiriş va investitsiyalarning soğlom işlaşi uçun uning xavfsizligini ta'minlaş lozimligini aytmoqda.
Turk rasmiysining ta'kidlaşiça, Afğonistonda Turkiya Hamkorlik va koordinatsiya agentligi (TİKA)ning sarmoyalari va maktablari bor. Afğoniston bilan Istiqlol uruşida boşlangan tarixiy munosabatlar tufayli yangi davrda ham Turkiya ijtimoiy tuzilmani rivojlantiriş va barqarorlikni ta'minlaşda muhim rol öynaydi.
Bu avvalgiga qaraganda ança katta jangovar vazifa emasligi, mamlakatga katta tanklar va samolyotlar bilan kirib borilmasligi sababli Turkiya uçun bu juda katta xarajatlarga sabab bölmaydi.
Hujum sodir bölgan taqdirda, turk harbiylari faol xizmatda bölişlari va aeroport xavfsizligini ta'minlaşlari kerak. Buning oldini oliş uçun esa Anqara «Tolibon» bilan aloqani muhim deb biladi.
Şu bilan birga, mamlakatni barqarorlaştiriş orqali Afğonistondan yillar davomida kelayotgan immigratsiya oqimining oldini oliş mumkin.
«Afğonistondan kelib çiqadigan yangi migratsiya tölqini nafaqat qöşni mamlakatlarga, birinçi navbatda, Pokiston va Eronga, balki Turkiya va Yevropaga ham ta'sir qilişi mumkin. Beqarorlikning kuçayişi ortidan vujudga keladigan xavfsizlik böşliğidan foydalanib, radikal terroristik elementlarning Afğonistonda boşpana topiş tahlikasi mavjud», deydi turk diplomatik manbalari.
Turkiya xavfsizlik manbalari aeroport xavfsizligini ta'minlaş uçun Afğoniston hukumati bilan qilingan aloqa yetarli bölmaydi, toliblarsiz buni amalga oşiriş mumkin emas, degan fikrda: «Toliblar, ehtimol, mamlakatning yanada kattaroq qismlarini öz nazorati ostiga olişi mumkin. Oxir-oqibat, ularni tan oliş, buning uçun yaratilişi kerak bölgan asoslar va savdolaşiş kabi masalalar kun tartibiga çiqişi ehtimoldan xoli emas. Uşbu bosqiçda nima böladi, qanday hukumat tuziladi – bu bir muammo».
AQŞning mamlakatni tark etiş qarori ortida toliblarga qarşi kuraşda hatto NATO ojiz kelgani ham turibdi.
Xalqaro hamkorlik böladimi?
14 iyun kuni bölib ötgan NATO sammitidan keyin ötkazgan matbuot anjumanida prezident Erdöğan AQŞ va NATO bilan muzokara olib borgan maxsus guruh doirasida Pokiston va Vengriyadan ham yordam söraganliklarini aytdi.
«Biz Turkiyaning javobgarligi natijasida hosil bölgan qöşimça qiymatdan foydalanuvçi xalqaro hamjamiyat a'zolaridan ham zimmaga tuşadigan yuklarni adolatli ravişda taqsimlaşga hissa qöşişlarini kutmoqdamiz», deydi Turkiya diplomatik manbalari.
Ma'lumki, Turkiya toliblar bilan aloqa örnatayotgan ayni damlarda Pokiston va Qatar ham faol.
«Tolibon»ga qarşi hatto AQŞ ham heç narsa qila olmadi, biz ham qilmoqçi emasmiz. «Tolibon» buni amalga oşirib bölmasligini 20 yil davomida körsatdi. Şuning uçun biz ular boğliq mamlakatlar bilan ham aloqadamiz», deydi Turkiya xavfsizlik xizmati xodimi.
Anqara bu borada Xitoy bilan ham hamkorlik qilişini aytmoqda.
Xitoy uzoq vaqtdan beri Afğoniston hukumati bilan ham, «Tolibon» bilan ham bevosita aloqada. Afğoniston hukumati bilan turli infratuzilma va energetik investitsiyalar böyiça kelişuvlarga ega bölgan Pekin uşbu mamlakatni Pokiston va Eron orqali dunyoga oçiladigan savdo yöllarining muhim qismi, deb biladi.
Şuningdek, Xitoyning «Tolibon» bilan «Al-Qoida»ga aloqador Turkiston Islom partiyasi a'zolarining Afğonistonda yaşirinişiga yöl qöyilmasligi» haqidagi kelişuvi bor.
Asosan, uyğur turklari yaşaydigan Şinjon viloyati va Afğoniston örtasida 8 kilometrlik çegara mavjud.
Xitoy matbuotida ötgan hafta «Tolibon» rasmiysi Suhayl Şahinning toliblar Xitoyni döst davlat deb bilişlari va uning Afğonistonga sarmoya kiritiş böyiça majburiyatini eng qisqa vaqt içida bajarişi kutilayotganiga oid sözlari e'lon qilindi.
«Tolibon» Afğoniston hukumati bilan imzolangan bitimlar ular nazorat qilayotgan hududlarda ham amalga qilişini kutmoqda. Şahinning sözlariga köra, «Tolibon» Şinjondan keladigan uyğur turklarini Afğonistonga kiritmaydi. Şuningdek, «Al-Qoida» va boşqa guruhlarning çegarada Xitoyga qarşi heç qanday harakatni amalga oşirişiga yöl qöymaydi. Döst mamlakat Xitoy agar öz sarmoyalarini kiritişda davom etsa, uning xavfsizligi ta'minlanadi.
Afğonistondagi askarlarga qöşimça kuçlar yuboriladimi, AQŞ oğir qurollar masalasida qöllab-quvvatlaydimi?
Xavfsizlik rasmiylarining ta'kidlaşiça, AQŞ armiyasi mamlakat hududidan olib çiqib ketiş köp xarajatlarga sabab bölgani bois köplab oğir qurollarni qoldirib ketmoqda. Biroq uşbu qurollarning qançalik strategik ahamiyatga ega ekanligi va ulardan qanday foydalaniş haqidagi tafsilotlar ikki mamlakat mudofaa vazirliklari örtasida muhokama qilinmoqda.
Aeroport xavfsizligini kuçaytiriş uçun ayni paytda mamlakatda bölib turgan askarlarning pozitsiyalarini özgartiriş masalasiga ham kelgusida amerikaliklar bilan ötkaziladigan muzokaralar doirasida oydinlik kiritilişi kutilmoqda.
Missiya Turkiya armiyasiga töliq topşirilgunça, ya'ni «köçiriş» jarayonida AQŞ turkiyalik askarlar bilan işlaş uçun aeroportda taxminan 600 askarini qoldiradi.
Aeroport işida birga işlagan fuqarolik işlari ekspertlari va til zarurati bois birgalikda faoliyat olib borgan mahalliy xodimlar ham öz vazifalarini davom ettiradi.
Turkiya diplomatik manbalarining ta'kidlaşiça, ular xavfsizlik, logistika va moliyalaştirişdagi yuklarni taqsimlaş böyiça AQŞ bilan muzokaralar olib borişmoqda. Prezident Erdöğan juma kuni qilgan bayonotida uşbu tafsilotlar böyiça AQŞ bilan kelişuvga erişilgani töğrisida xabar bergandi.
Afğoniston hukumati bilan yozişmalar ham şundan söng boşlandi.
Missiyada iştirok etişi mumkin bölgan boşqa mamlakatlar bilan ham Mudofaa va taşqi işlar vazirliklari doirasida aloqalar davom etmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi