«Biz bunday halokatni hali ko‘rmagandik» - Germaniya g‘arbidagi suv toshqini foto va videolarda
Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Reynland-Pfals yerlarida odamlar uylarining tomiga chiqib, suvdan saqlanmoqda, o‘nlab kishilar halok bo‘lgan. Mahalliy hukumat favqulodda holat e'lon qilgan.

Sascha Steinbach / EPA / Scanpix / LETA
15 iyul kuni Germaniya g‘arbida yog‘gan kuchli va davomli yomg‘irlar suv toshqinlarini keltirib chiqardi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 100ga yaqin, o‘lim holatlari asosan Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Reynland-Pfals yerlariga to‘g‘ri keladi, yuzlab kishilar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Internetda tarqalgan videolarda odamlar bir necha soat mobaynida o‘z uylarining tomiga chiqib olib jon saqlaganini ko‘rish mumkin.
Ayrim hollarda ularni vertolyotlar orqali tomlardan olib ketishga to‘g‘ri kelgan.
«Biz shu vaqtgacha bunday ko‘lamdagi halokatga guvoh bo‘lmagandik», — deya tan oldi Reynland-Pfals yeri bosh vaziri Malu Drayyer.
GFR kansleri Angela Merkel qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan, shuningdek, tabiiy ofat vaqtida ishlayotgan qutqaruvchilar va ko‘ngillilarga minnatdorchilik izhor etgan.
Meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, Germaniyaning janubi-g‘arbiy qismida ham kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda, bu hududlar aholisi ham suv toshqinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.













Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
Mavzuga oid

08:42
Shols hukumati rasman iste’foga chiqdi

09:10 / 25.03.2025
Pasportini o‘g‘irlatgan germaniyalik yigit to‘rt yildan beri ishga joylasha olmayapti

11:30 / 24.03.2025
O‘smirlarda internetga qaramlik giyohvand moddalarga qaramlik bilan tenglashtirildi

21:28 / 22.03.2025