Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islomobodning ogohlantirishidan so‘ng Afg‘oniston Pokiston bilan chegaradagi operatsiyani to‘xtatdi - OAV
Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solihning so‘zlariga ko‘ra, Islomobod Kobulni agar afg‘on kuchlari toliblarni “Spin-Boldak” nazorat-o‘tkazish punktidan siqib chiqarishga urinadigan bo‘lsa harbiy aviatsiyani ishga solishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari Islomobodning ogohlantirishidan so‘ng Pokiston bilan chegaradagi Spin-Boldak aholi maskanini “Tolibon” jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha operatsiyani to‘xtatdi. Bu haqda TOLO News telekanali xabar bermoqda.
Operatsiya Pokiston harbiy-havo kuchlarining to‘qnashuvlarga aralashishi ehtimoli sababli to‘xtatilgan.
Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solihning so‘zlariga ko‘ra, Islomobod Kobulni agar afg‘on kuchlari toliblarni “Spin-Boldak” nazorat-o‘tkazish punktidan siqib chiqarishga urinadigan bo‘lsa harbiy aviatsiyani ishga solishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
O‘z navbatida Pokiston bu xabarni rad etdi.
“Afg‘oniston vitse-prezidentining so‘zlariga qarshi o‘laroq, Pokiston HHK Afg‘oniston HHKga hech qanday ogohlantirish bermagan”, — deyiladi Pokiston tashqi ishlar vazirligining Facebook sahifasidagi xabarda.
14 iyul kuni “Tolibon” harakati Pokiston bilan chegaradagi “Spin-Boldak — Chaman” o‘tkazish punktini egallab olgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:49
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
10:50 / 12.06.2026