Binolarning seysmik mustahkamligini baholash tizimi shakllantiriladi

Foto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasining “Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash hamda elektron texnik pasportlarni shakllantirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat prezidentning "O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Seysmik faol hududlarda joylashgan bino va inshootlar, ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik zaifligini baholash uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron texnik pasportlar bosqichma-bosqich shakllantiriladi.
Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar bosqichma-bosqich o‘zlariga qarashli bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylar elektron texnik pasportlarini Yagona integratsiyalashgan platformaga kiritilishini ta'minlashi kerak.
Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasiga yangi qurilayotgan barcha turdagi bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini shakllantirib, platformaga doimiy kiritib borilishini ta'minlash vazifasi yuklandi.
Qaror bilan Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash bo‘yicha elektron texnik pasportlarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga asosan, Fanlar akademiyasi Qurilish vazirligi bilan hamkorlikda har yili 15 yanvarga qadar platformaga kiritilgan elektron texnik pasportlar asosida bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarni seysmik zaifligi bo‘yicha turlarga ajratib chiqadi. Mazkur axborot Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etiladi.
FVV axborot olingan kundan e'tiboran 15 kun muddatda vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish to‘g‘risida ogohlantirish xati yuboradi.
Olti oy davomida ular seysmik zaif hisoblangan bino va inshootlarini seysmik holatini mustahkamlash choralarini ko‘rishlari zarur.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
-
XAEA rahbari Eron yadro quroli ishlab chiqarayotganiga hech qanday dalil yo‘qligini aytdi
Jahon | 23:26 / 18.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev «Oltin bel» cho‘qqisidagi tog‘-chang‘i kurorti loyihasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 23:06 / 18.06.2025
Mavzuga oid

10:39 / 06.03.2025
Maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida 246 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

13:08 / 25.02.2025
Aholi va xo‘jalik sub’yektlari binolari tomining kamida 50 foizi quyosh panellari bilan jihozlanadi

10:14 / 14.01.2025
Baland qavatli binolarga videokuzatuv qurilmalari o‘rnatiladi

09:00 / 09.01.2025