Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya hukumati mamlakat «delta» shtammi tarqalishi sababli yopilishi mumkinligini istisno qilmadi
Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kojaning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning «delta» shtammini yuqtirish holatlari oxirgi haftada uch baravarga o‘sgan.
Turkiya koronavirusning «delta» shtammi tarqalishi keskin o‘sganligi sababli xorijliklarga chegarasini yopishi mumkin. Bu haqda mamlakat madaniyat va turizm vaziri Mehmet Ersoy CNN Turk telekanali efirida aytdi.
Turkiyada 16 aprelda bir sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 63 082ta holat qayd etilgandi, iyun-iyulda kunlik holatlar soni 5-7 mingtaga tushdi. Epidemiologik vaziyat yaxshilangani sababli 1 iyuldan mamlakatda komendantlik soati bekor qilindi.
Ammo 18 iyul kuni 7680ta holat aniqlandi, sutka davomida 66 bemor vafot etdi. Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kojaning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning «delta» shtammini yuqtirish holatlari oxirgi haftada uch baravarga o‘sgan.
Ersoyning aytishicha, agarda vaksinatsiya jarayoni tezlashsa, Turkiya normal hayotga qaytadi, aks holda vaziyat yaxshilanishi cho‘zilib ketadi.
«Hech narsaga kafolat yo‘q va qator viloyatlarda «delta» shtammi bilan bog‘liq vaziyat qandayligiga qarash kerak. Ammo xalqaro aviareyslar bo‘yicha butun mamlakatdagi vaziyat e'tiborga olinadi», - dedi u.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026