Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘l tumani kadastr boshlig‘iga 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi
Tadbirkordan pora talab qilib olayotganda ushlangan Kadastr agentligining Yangiyo‘l tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi shaxsga 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Dastlab pora bilan ushlangani aytilgan kadastr tizimi mas'uli S.J.ning harakatlari dastlabki tergov va sudda firibgarlik sifatida, ya'ni JK 168-moddasi 3-qismining “v” bandi bilan malakalangan.
Toshkent viloyat sudi axborot xizmatiga asoslanib, Kun.uz muxbirining xabar berishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tuman sudining 2021 yil 26 apreldagi hukmi bilan S.J.ga 1 yil muddatga Kadastr agentligi tizimida mansabdorlik hamda moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, ish haqining 30 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Ushbu mansabdor pora bilan ushlangani haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti shu yil 11 mart kuni ma'lum qilgandi.
Kun.uz avvalroq Chilonzorda 1 gektar yerni 1,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan mansabdorlar 8 yilga “kesilgani”, Bekobod tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari 3,5 yilga qamalgani, Buxoro viloyat DSENB boshlig‘i 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgani va Andijon viloyati hokimligining ikki xodimi 10,5 yilga qamalgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
08:40
Gaz ta’minoti va kadastr tizimida korrupsion jinoyatlar aniqlandi
21:24 / 27.06.2026
Namanganda 381 ming dollarga 50 sotix yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlandi
19:31 / 04.06.2026
2018 yildan keyin qurilgan noqonuniy uylarning taqdiri nima bo‘ladi?
22:25 / 14.04.2026