Jamiyat | 14:00 / 23.07.2021
11932
2 daqiqa o‘qiladi

“3 yashar o‘g‘lim yig‘lab otasiga shifo so‘raydi” – 31 yoshli yigit 5 yildirki azobda

Har bir inson hayotini sermazmun, sog‘lom o‘tkazishni istaydi. Ammo har doim ham bizning aytganimiz bo‘lavermaydi. Qashqadaryolik 31 yoshli Malik Hamdamov shu maqsadlari sari qadam tashlayotgan pallada kelgan xastalik uni to‘shakka mixladi.

5 yildirki jigar sirrozi bilan kurashayotgan yigitga shifokorlar jigar ko‘chirish operatsiyasi tavsiya qilishgan. Mazkur muolaja xorijda 350 million so‘m evaziga amalga oshirilishi sabab oilaning bunga qurbi yetmayapti. Oilada yolg‘iz boquvchi Malikning davolanishi uchun bor-yo‘qlarini sotishgan. Hozir yashab turgan uylarini ham sotuvga qo‘yishgan.

“Boshimizda sog‘ yursalar bo‘ldi, boshqa hech narsa kerakmas. 3 yoshli o‘g‘lim joynamoz ustida qo‘lchasini ochib “Dadam oppoq bo‘lsin” deb duo qiladi. Dadam sog‘ bo‘lsin, yashasin deb iltijo qiladi. Uyimiz sotilishini kutyapmiz. Uy-joy topilar, ko‘zimizga hozir hech narsa ko‘rinmayapti. Ularning sog‘ayib ketishlari uchun har qanday qiyinchilikka tayyorman” deydi jasorat bilan turmush o‘rtog‘i Gulhayo.

Malikning ahvoli kundan kunga og‘irlashib bormoqda. Uning holatidan ham buni anglash qiyin emas. Bemor uchun onasi Nazira opa va turmush o‘rtog‘i donorlik qilishmoqchi. Operatsiya imkon qadar tezroq o‘tkazilishi uchun saxovatli insonlarning ko‘magi va duosidan umidvor oila sinovli vaziyatni boshdan kechirmoqda. Bir oilaning ustunsiz, bir onaning farzandsiz, bir qorako‘zning otasiz qolmasligi uchun imkon boricha madad bo‘laylik.

Malik Hamdamovga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0423 7450 1046 qarindoshi Shahboz Zaripov nomida

Humo: 9860 1201 3589 8852 turmush o‘rtog‘i Gulhayo Davronova nomida

Sberbank: 4817 7603 1054 4246 tanishi Shavkat Jo‘rayev nomida

Telefon: +998996712100 (bemor)

Gulmira Toshniyozova,
tasvirchi Azimjon Vohidov.

Mavzuga oid