Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston va Ozarboyjon chegarasida otishma yuz berdi
Armaniston mudofaa vazirligi Ozarboyjon bilan chegarada otishma yuz berganini ma'lum qildi. Buning oqibatida 3 nafar arman harbiysi yaralangan, bir nafar ozarboyjonlik harbiy halok bo‘lgan.
Foto: mil.am
Ta'kidlanishicha, 23 iyul soat 17da Ozarboyjon qurolli kuchlari Armanistonning chegaraning Gegarkunik uchastkasidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutgan. Bundan avvalroq esa Ozarboyjon harbiy bazasida otishma yuz bergan. Bu ozarboyjonlik harbiylar o‘rtasidagi o‘zaro nizo bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin.
Arman chegarachilari javob o‘qi uzgan, buning oqibatida bir ozarboyjonlik harbiy halok bo‘lgan. Shuningdek, 3 nafar arman harbiysi o‘qotar quroldan jarohat olgan, ularning hayoti xavf ostida emas.
14 iyulda ham ikki davlat chegarasida otishma yuz bergandi. Yerevanda ta'kidlanishicha, o‘sha voqea vaqtida ozarboyjonlik harbiylar o‘z pozitsiyalarini ilgari surish uchun muhandislik ishlari olib borishga harakat qilgan.
Mavzuga oid
23:34 / 18.02.2026
Ozarboyjon elchixonasiga zarbalar tasodifmi?
18:47 / 17.02.2026
Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan 20 yilga qamaldi
14:42 / 17.02.2026
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
14:05 / 12.02.2026