Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 37-42 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 38-40 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 26-31 daraja issiq bo‘ladi.
Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga 23 iyul kuni respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.