Toşkent, Samarqand, Jizzax viloyatlarida koronavirus epidemiyasi bilan boğliq vaziyat oğirligiça qolmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari örinbosari Nurmat Otabekov «COVID-19ga qarşi vaksinalarning aholi salomatligiga ta'siri» mavzusidagi matbuot anjumanida aytib ötdi.

«Dunyo böyiça koronavirusga çalinganlar soni 194 milliondan oşdan, 4 milliondan ortiq bemor vafot etdi. Albatta, bir qaraşda bular bir raqam. Ammo bu raqamlar ortida juda köpçilikning fojiasi yotibdi. Vaziyat zinhor yumşayotgani yöq. Özbekistonda ham koronavirusga çalinganlar soni ortib boryapti.

Toşkent, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ahvol oğir. 1 apreldan boşlab emlaş amaliyoti tatbiq etildi. Şu paytga qadar 9,8 mln doza vaksina olib kelindi. Şundan 8,5 mln dozasi Özbekiston va Xitoy hamkorligida işlab çiqarilgan vaksinadir.

Bu vaksinalar tegişli tartibda röyxatdan ötkazilgan. JSST tomonidan özbek-xitoy va «Sputnik V» vaksinalarini favqulodda holatlarda qöllaşga körsatma berilgan. AstraZeneca vaksinasi esa JSST tomonidan röyxatga olingan.

Şu kungaça Özbekiston aholisining 1 mln 31 ming nafari, yoki emlanuvçilarning 4,9 foizi töla emlab bölindi. Afsuski, bitta emlaş punkti bir kunda 70 kişini emlaşi mumkin bölgani holda 19 kişini emlayapti. Bunga soha mutaxassislari bölmaganlarning axborot tarqatiş imkoniyatidan foydalanib, aholini çalğitayotgani asosiy sabab bölayotganini aytiş lozim.

Yagona yölimiz aholini emlaş orqali kasallikni yengiş ekanligini JSST takror-takror aytyapti», deya Otabekovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Maxsus komissiya vakili majburiy emlanişi belgilangan 14 toifa vakillari vaksina olişga rozi bölmasa, ularga qanday çora körilişi böyiça savolga javob berdi.

«Maxsus komissiya tomonidan 14 toifa şaxslar emlanişi şart qilib qöyilganidan keyin bunga rioya qilmaganlarga qanday çora körilişi böyiça örganiş uçun Adliya vazirligiga topşiriq berildi.

Lekin hozirdanoq bir narsani aytib ötiş lozim – kimdir emlanuvçi toifaga kirsa-yu emlanmasa, u odam jamoat joyiga çiqmay turadi. Deylik u sartaroş bölsa, odamlar bilan muloqotni töxtatadi, uyiga boradi va epidemik vaziyat barqarorlaşguniça odamlarga qöşilmay turadi», dedi Otabekov.