Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Otabekov sözlariga köra, Özbekiston böylab ötkir respirator virusli infeksiyalar avj olgani, ayniqsa, maktab va boğçalarda kasallik keng tarqalgani, oqibatda poliklinikalar emlanmagan bemor bolalar bilan tölgani haqida xabarlar haqiqatga zid ekanini ma’lum qildi.

— Avvalo, şuni aytiş kerakki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bu xabarlar haqiqatga zid, — dedi mutaxassis. — Boisi ayni paytda yurtimizda mavsumiy respirator kasalliklar tarqalişi bilan boğliq vaziyat barqaror va xavotirlanişga heç qanday asos yöq. Gap şundaki, havo-tomçi yöli orqali yuqadigan ötkir respirator virusli infeksiyalar mavsumiy xarakterga ega bölib, ularning kötariliş davri kuz-qiş va qiş-bahor oylariga töğri keladi. Bundan esa zinhor xavotirga tuşiş kerak emas.

Otabekov sözlariga köra, havoning tez-tez özgaruvçanligi bois aksariyat insonlar mavsumga mos kiyinişga yetarliça e’tibor qaratmaydi. Qolaversa, bunday iqlim şaroitida xonadonlar va yopiq bino-inşootlarda havo almaşinuvi kamayişi hisobiga atmosferada viruslar konsentratsiyasi oşişi kuzatiladi.

«Bilamizki, respirator xastaliklarni keltirib çiqaradigan viruslarning turlari juda köp. Gripp, paragripp, renovirus, adenovirus, hatto, koronavirus infeksiyalari şular jumlasidan. Şu sababli hozir kuzatilayotgan ötkir respirator virusli infeksiyalarni tabiiy holat, deb qabul qiliş zarur. Bunday paytda, eng avvalo, epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlaş uçun bemorlar jamoat joylariga çiqişdan, odamlar bilan muloqotdan imkon qadar özini çeklaşi, ijtimoiy masofa saqlaşi lozim», dedi mutaxassis.

Otabekov virusga çalingan odamlar va ularning parvarişi bilan şuğullanayotgan şaxslar tibbiy niqobda bölişini tavsiya etdi. Xastalik belgilari kuzatilganlar şifokor tavsiyasi asosida davo muolajalarini boşlaşi lozimligini ta’kidladi.

«Qolaversa, har bir odam immunitet mustahkamligini ta’minlaş uçun meva-sabzavotlar, turli kökatlar va qaynatmalar iste’mol qilişi hamda mavsumga mos kiyinişi lozim», dedi mutaxassis.