Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Otabekov koronavirusning yangi tölqini dunyoni qamrab olayotgani haqida tarqalgan sönggi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Şu yil mart oyida koronavirusning Xitoyda aniqlangan NB.1.81 ştammi ba’zi mamlakatlar böylab tarqalayotgani haqida ma’lumotlar bor. Lekin, SOVID-19’ning yangi tölqini dunyoni qamrab olmoqda, degan xabarlar asossiz», – deydi mutaxassis.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti 2024 yil 13 apreldan koronavirus bilan kasallaniş böyiça kundalik axborot berib borişni töxtatgani, davlatlar miqyosida ham şunday ekani qayd etilgan.

Şuning öziyoq sayyorada koronavirus böyiça epidemiologik vaziyat barqaror ekanini anglatadi. Qolaversa, SARS-CoV-2’ning NB.1.81 ştammi keng kölamda yoyilayotganiga doir ma’lumotlarni JSST rasman tasdiqlagani yöq.

«Sir emas, dunyoda koronavirus böyiça şov-şuvli axborotlarni tarqatişdan manfaatdor guruhlar bor. Ayni kunlarda e’lon qilinayotgan bu kabi ma’lumotlarni ham şunday izohlasak töğri böladi. Çunki Yer yuzida yangi tölqinning kuzatiliş ehtimoli qariyb nolga teng.

Özbekiston misolida aytadigan bölsak, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqaror. Aholida koronavirus ştammiga nisbatan oddiy respirator kasalliklarga bölgani singari munosabat allaqaçon şakllangan.

Çunki mazkur kasallikni diagnostika qiliş, davolaş imkoniyatiga egamiz. Öz navbatida, odamlarda bu xastalikka nisbatan jamoaviy immunitet vujudga kelgan. Nafaqat Özbekiston, butun Yer kurrasida holat şunday!

Töğri, mamlakatimizda COVID-19’ga çalinganlar oz miqdorda bölsa ham, aniqlanib turibdi. Ammo murojaat qilgan bemorlarning faqat ikkilamçi surunkali kasalligi bölganlarigina şifoxonada davolanmoqda. Qolganlari xastalik yengil keçgani sababli ambulator şaroitda muolaja olyapti. 

„Yangi viruslar paydo böldi“ degan xabarlarga kelsak, mana, hozirgaça dunyoda koronavirusning 45 mingga yaqin mutatsiyalari yuzaga keldi va hamon bu jarayon töxtagani yöq. Biroq ötgan davrda ulardan faqat 10-15 tasi kasallik çaqirdi, xolos. Şu ma’noda, mutatsiyalardan vahima yasaş kerak emas.

Ayni örinda yurtdoşlarimizga Özbekiston hududida qaysi viruslar aylanib yurganini kuzatib boruvçi monitoring tizimi yölga qöyilgani, tegişli laboratoriyalarda bemorlardan olingan virus namunalari doimiy ravişda tekşirilib, tahlil qilib borilişini eslatib ötmoqçiman.