Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 dekabrga qadar kommunal to‘lovlar uchun yagona raqam joriy etiladi
O‘zbekistonliklar yaqin kelajakda barcha kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni yagona raqam orqali to‘lashlari mumkin bo‘ladi.

Bu Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24 iyul kuni imzolangan “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda ko‘zda tutilgan.
Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 dekabrga qadar kommunal tarmoqlardagi barcha raqamlar (gaz, elektr, issiq suv, ichimlik suvi, kanalizatsiya, chiqindi) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga va yuridik shaxslarning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamiga bog‘lanishi ta'minlanadi hamda bu orqali har bir shaxsga “yagona mijoz” tamoyili asosida unikal raqamdan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu vazifa ijrosi Davlat personallashtirish markazi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Energetika, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, Kadastr agentligi, “O‘ZSUVTA’MINOT” AJ hamda manfaatdor vazirlik va idoralar zimmasiga yuklatilgan.
Bundan tashqari, Kadastr agentligi kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan birgalikda uch oy muddatda barcha ko‘chmas mulk obektlarining kadastr raqamlariga bog‘lanishini hamda ko‘chmas mulk obektlarining yagona manzillar reyestri bilan integratsiya qilinishini ta'minlaydi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

11:00 / 01.07.2025
Pensiya miqdorini oldindan aniqlash xizmati joriy etiladi

10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi

09:55 / 20.05.2025
Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

14:06 / 03.05.2025