«Toşkent şahar suv ta’minoti» matbuot xizmati ma’lum qilişiça, 2026 yil bahor mavsumiga tayyorgarlik doirasida poytaxtdagi yirik suv ötkazgiç tarmoqlarida katta hajmli rejali profilaktika va ta’mirlaş işlari olib boriladi.
Şu munosabat bilan, şaharning barça tumanlarida turli sanalarda içimlik suvi ta’minotida uzilişlar yoki suv bosimining pasayişi kuzatilişi mumkin.
Jadvalga köra, ilk uzilişlar 30 mart kuni Uçtepa va Şayxontohur tumanlarining ayrim mahallalarida boşlanadi. Keyingi bosqiçlarda Yaşnobod, Mirzo Uluğbek, Sergeli, Yakkasaroy, Çilonzor, Olmazor, Yunusobod, Bektemir, Mirobod va Yangihayot tumanlarida ham rejali çeklovlar amal qiladi.
Ma’lum qilinişiça, suv ta’minoti vaqtinça töxtaydigan hududlarga maxsus suv taşuvçi avtomaşinalar yönaltiriladi.
Fuqarolar qöşimça ma’lumot oliş uçun Markaziy dispetçerlik xizmatiga 1054 qisqa raqami, şuningdek, tumanlararo aloqa telefonlari orqali murojaat qilişi mumkin.









