Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda maktabgacha ta'lim Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida «Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi (STJ) o‘rtasida 2020 yil 17 dekabrda «Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash» loyihasini moliyalashtirish uchun yillik 2 foiz stavkada 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan, qiymati 41 mln saudiya riali (10,9 mln AQSh dollari ekvivalentidagi) bo‘lgan qarz bitimi imzolangan. Bitim Prezidentning 12.04.2021 yildagi «Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5071-son qaroriga muvofiq tuzilgan.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- «Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash» loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
- mazkur loyiha bo‘yicha asosiy qarz va foiz to‘lashning prognoz jadvali.
Loyiha doirasida loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklariga subsidiar qarz milliy valutada taqdim etiladi. Saudiya rialiga nisbatan milliy valuta kurslari tebranishi tufayli salbiy xarajatlar (valuta xatari) O‘zbekiston Respublikasining milliy budjeti hisobidan qoplanadi.
Loyiha bo‘yicha mablag‘larni o‘zlashtirish davri 3 yilni (2021-2023 yillar) tashkil etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi DXSh tamoyili asosida nodavlat MTMni moliyalashtirishga biriktirilgan tijorat banklari STJ mablag‘lari hisobidan xususiy sheriklarga imtiyozli kredit ajratilishi uchun mas'ul hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:35 / 15.05.2026
Bolalar o‘tin emas: vaziyat jiddiy, vazirlik jim
10:01 / 24.02.2026
“Javobgarlikni hech kim bo‘yniga olmayapti” – Farg‘ona bog‘chalarida zaharlangan 70 dan ortiq bola shifoxonada qolmoqda
20:14 / 04.02.2026
“Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i shakllantiriladi
13:39 / 27.01.2026