20 fevral kuni Farğona şahridagi bir neçta davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti tarbiyalanuvçilarida isitma, köngil aynişi, qayt qiliş va iç ketiş belgilari kuzatilgan. Ayni paytda 70 nafardan ortiq bola şahardagi ikki şifoxonaga joylaştirilgan. 3 nafari reanimatsiya bölimida qolmoqda. Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan ota-onalar zaharlaniş ovqatdan kelib çiqqanini aytmoqda. Zaharlaniş qayd etilgan boğçalarda ovqatlaniş viloyat hokimining qarori bilan tayinlangan “Garden catering Trade” MÇJ tomonidan keytering usulida taşkil etiladi.
Kasallangan tarbiyalanuvçilar haqida ma’lumot oliş uçun Farğona şahridagi bolalar şifoxonasiga borganimizda xodimlardan biri (keyinçalik u xöjalik bölimi mudiri ekani ma’lum böldi) ayni paytda jahli çiqib turganini, tasvirga oliş mumkin emasligini, kasalxona hududidan taşqariga çiqib ketişimiz kerakligini aytdi.


Mazkur bolalar şifoxonasiga 18 nafar bola yotqizilgan. Davolanayotgan bolalarning ota-onalari negadir intervyu berişni istamadi. Şundan söng viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida bölib, bemor bolalarning ota-onalaridan, boş şifokordan holat böyiça ma’lumot oldik.

“Ovqat yegan tarbiyaçilar ham şifoxonada”
“2019 yilda tuğilgan qizim 61-davlat boğçasiga borardi. 20 fevral kuni boğçadan uyga kelganidan keyin tösatdan qornim oğriyapti dedi. Hojatga bordi, içi ketdi. Avvaliga odatiy qorni oğriyotgandir, biror narsa yoqmagan bölsa kerak, deb öyladim. Qorin oğriq dori berdim. Ertasi kuni uxlab turganidan keyin isitmasi 39 ga çiqib ketdi. Dori ham kor qilmadi. Keyin yana içi ketib, köngli aynib, qayt qildi. Nima böldi, boğçada nima yegandinglar desam, teftelli ovqat yedim, karam şörva içdik, kartoşka pyure berişdi, dedi. Şundan keyin Krupskiy (bolalar şifoxonasi)ga olib bordim. U yerdan keyin yuqumli kasalliklar şifoxonasiga olib keldim. Qizim azoblanyapti. Nahot bunga heç kim çora körmasa? Bolalar qiynalyapti-ku. Ikki, uç sutkalab bolalarimiz heç narsa yeyişgani yöq. Faqat qayt qiladi, içi ketadi, isitmalaydi. Kim javob beradi bu holatga?

Ovqatdan zaharlanmagan, deb holatni yaşirişga urinişlar bölyapti. Xöp, şunday ham böldi deylik, unday bölsa, ana şu ovqatdan yegan tarbiyaçilar ham hozir şifoxonada yotibdi-ku. Bizga kim yordam beradi? Buni oçiqlamasak, hamma yoq bosti-bosti bölib ketaveradimi? Holatga kimdir javob berişi kerak-ku! Bolalarimiz zaharlanib qolaversa.

Mayli, xöp, bu narsani “yopti-yopti” qilişar, bolalarimiz yana borişadi boğçaga. Hozir yana boğça işlayapti. Bolalar yana öşa keytering ovqatini yeb ötirişibdi. Biz keytering tizimiga qarşimiz. Avvalgi holat yaxşi edi. Bolalarimizga ovqatni boğçaning özida tayyorlab berişardi. Bolalar issiq ovqat yeyişardi. Hozirgi holatda to Quvasoydan Farğona şahriga kelguniça ovqat sovib qolyapti, sifati buzilyapti. Qaynoq ovqatni plastmassa idişlarga solib olib kelişar ekan.
Bolalarga karantin e’lon qilinişi kerak edi. Karantin bölmadi. Bir yarim yoşli çaqaloğim bor emizikli. Bolamni qaynonam olib yotibdi”, deydi qizi şifoxonada davolanayotgan Oltinoy Dehqonova.

“Keytering bizga kerak emas”
“58-boğçada egizak qizlarim tarbiyalanadi. Qizlar har doim keçki payt uyga kelganida qornimiz oç der edi. Öşa kuni qizlar, kelinglar, yeyişga biror narsa beray, desam, yöq, qornimiz töq, deyişdi. Keyin keçqurun soat 23:00 ga borib köngli aynib, qayt qilib, içi ötib, keçasi bilan uxlaşmadi. Isitmasi 40 ga çiqib ketdi. Telegram guruhga qarasam ota-onalar bolalarning ahvoli oğirlaşgani haqida yozgan ekan.
“Infeksionniy”da uç kundan beri yotibmiz. Qizlarim içi ketgan. Uç kun deganda antibiotik boşladik. Şu paytgaça qizlarimga antibiotik bermaganman, ukol qildirmaganman. Şunça ukol, sakkiztalab sistema olib yotişibdi. Dardimizni heç kim eşitmayapti.

Ovqatni boğçaning özida tayyorlaş kerak. Avvalgi holat yaxşi edi. Keytering tizimida tayyorlanayotgan ovqat Quvasoy şahridan kelar ekan. Bu tizimga kim qaraydi? Kim javob beradi? Buning ortida kim bor? Bolalar tuzalganidan keyin ularni yana şu boğçaga olib boramanmi? Autsorsing ovqatidan norozimiz. Keytering bizga kerak emas. Bolalar har kuni sovuq ovqat yeyapmiz, ovqati yoqmayapti deb kelişyapti”, deydi Dilfuza Mamajonova.

“Ovqatni boğçaning özida tayyorlaşsin”
“Ikki farzandim 61-boğçaga boradi. Juma kuni uyga kelgan katta öğlim qornim oğriyapti dedi. “Noşpa” berib yotqizib qöydim. Keyin keçasi qayt qilib uyğonib ketdi. Isitmasi kötarildi. Kunduzi tez tibbiy bölimga olib bordim. U yerda “Infeksionniy”ga oboring deyişdi. Içi ham ketişni boşlagandi öşanda. Keyin “infeksionniy”ga olib keldim. Öğlimdan sörasam, karamli şörva içgan edim dedi. Uyga borsam kiçkina qizim ham xuddi şu ahvolda yotibdi. Içi ketyapti, qayt qilib köngli ayniyapti.

Ikki kundan beri ikki farzandim şifoxonada. Kasalxona ovqatdan zaharlangan bolalarga tölib ketdi. Bolalarning holati yaxşimas. Uyda ham davolanayotganlar bor. 61-boğçaning özidan 20 nafardan ortiq bola davolanyapti.
Keyteringdan ovqat tarqatiladi butun Farğonaga. Keytering tizimiga avvalboşidan qarşi bölganmiz. Avvallari ovqatni boğçaning özida tayyorlaşardi. Öşa eski tizimga qaytarib berişsin”, deydi Gulira’no Otabekova.

“16 nafar bolamiz davolanyapti”
“Şanba kuni soat 20:00 dan boşlab bolalarning içi ketayotgani haqida murojaatlar kelişni boşlagan. 16 nafar bola davolanyapti. Boğçamizda bola qamrovi 180 öringa ega. Bugungi kunda 120 bola boğçaga kelyapti.
Öşa kuni ertalab nonuştaga greçkali sutli bötqa berilgan edi. Tuşlikka birinçi ovqat “borş” edi, ikkinçi ovqat tipratikanli teftel, garniriga xonaki kartoşka edi. Taomlar 2025 yil avgust oyidan “Garden Catering” firmasidan olib kelinadi”, deydi 61-davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti direktori Şahnoza Azimova.

“26 nafar bola kasallangan”
“58-boğçada 26 nafar bolada kasallaniş holati kuzatildi. Öşa kuni ertalab sutli bötqa berilgan. Tuşlikka birinçi ovqatga karam şörva, ikkinçiga kartoşka bilan teftel berilgan. Tuşdan keyin esa mayizli keks berilgan. Bizning ta’lim taşkilotiga “Garden Catering” MÇJ tomonidan tayyor ovqat olib kelinadi” – 58-DMTT direktori Nodira Ortiqova.

“8 nafar bola şifoxonaga tuşgan”
“Ikki şifoxonada jami 8 nafar bolamiz davolanyapti. Öşa kuni ertalabga odatdagidek sariyoğ bilan non, kaşa berilgan. Tuşlikda “borş” bölgan, ikkinçisiga kartoşkali sous bilan teftel berilgan. Tuşdan keyin mayizli yonğoqli keks. Birinçi nonuşta bizda şu yerda tayyorlanadi, çunki bu sifati tez buziluvçan mahsulotlardan qilinadi, ya’ni sut mahsuloti. Tuşlik uçun Cateringʼdan ovqat yetib keladi” – 2-DMTT direktori Muxtasar Umrzoqova.

“Tahlil natijalari 10 kunda çiqadi”
“21 fevral soat 7:00 larda 2-, 58- va 61-boğçalarda ayrim tarbiyalanuvçilarda köngil aynişi, isitma kötarilişi, iç ketayotgani haqida xabar berişdi. Yuqumli kasalliklar şifoxonasiga borib, holatni örgandik. Boğçalarning surtmali probalarini olib, baklaboratoriyamizga topşirdik. Baklaboratoriyamizga olingan tahlillar javobi 10 kun içida çiqadi. Natijasiga qarab holat böyiça xulosa berişimiz mumkin.
“Garden Catering” MÇJ Farğona şahrida emas, Quvasoy şahar hududida joylaşgani uçun viloyat SES, Quvasoy SES tomonidan örganilib, tahlillar olindi. Yönalişimiz böyiça “Garden Catering” MÇJda tekşiruv işlari olib borilyapti”, deydi Farğona şahar SES epidemiologiya bölimi mudiri Umarali Sulaymonov.

“52 bemordan 3 nafari reanimatsiyada”
“Şifoxonamizda davolanayotgan bolalarning umumiy ahvoli örta oğirlikda. Birinçi kuni 28 nafar bemor qabul qilganmiz. Hozirgi kunda 52 nafar bemor ötkir diareya kasalligi taşxisi bilan davolanmoqda. Bemorlarda hayot uçun xavfli öta oğir yoki hayotiga taşviş soladigan biror holat yöq. Bugungi kunda uç nafar bemor reanimatsiya bölimida. Lekin ahvollari yengil holatda”, deydi Farğona viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş vraçi Sultonali Boyigitov.

Tahririyat ixtiyorida Farğona şahridagi 2-, 58-, 61-, 35-, 22-, 59-, 37-DMTT tarbiyalanuvçilari ovqatdan zaharlanib şifoxonaga tuşgani haqida ma’lumotlar mavjud.
Ma’lumot uçun, “Garden catering Trade” MÇJ qöşma korxonasining DMTTlar uçun bir kunlik tayyor issiq ovqat jadvalida 20 fevral kuniga nonuştada greçka, sutli çoy, sariyoğ va non; tuşlikda borş, teftel, xonaki kartoşka, sabzi va olmali salat, non va quruq mevali kompot; 2-tuşlikda mayizli keks va çoy; keçki ovqatga kartoşka pyure, çoy va non közda tutilgan.

“Garden catering Trade” MÇJning 100 foizlik uluşiga Iqboljon Bozorov egalik qiladi.
Farğona viloyati hokimi 2024 yil 25 iyuldagi qarori bilan Quvasoy şahridagi davlat boğçalarida 5 oy muddatga keytering tizimi joriy etilişi, taomlarni tayyorlaş va yetkaziş bilan esa Quvasoydagi “Garden Catering” qöşma korxonasi şuğullanişi böyiça takliflar ma’qullangan.
Şuningdek, mazkur tajriba-sinov natijalari ijobiy bölsa, yil yakuniga qadar uşbu tizim Farğona şahridagi davlat boğçalarida ham taşkil etilişi belgilangan. Viloyat hokimligi bu tajriba Özbekistonda birinçi marta sinov tariqasida amalga oşirilayotganini qayd etgandi.
Keyinroq Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi “Garden Catering” korxonasi faoliyatini örganib, xizmatlarida bir qança talablarga rioya qilinmagani, xususan, taomlarning retseptura töplami, tarkibiy qismi hamda energetik qiymati SanQvaM 0016-21 talablari asosida işlab çiqilmagani, tarbiyalanuvçilarga yetkazib beriladigan taomlarni taşiş, saqlaş va iste’molga berilişiga qöyiladigan sanitariya-gigiyena talablari böyiça tizimli işlar belgilab olinmaganini aniqlagandi.
Raqobat qömitasi Farğona viloyati hokimidan Quvasoydagi keytering korxonasiga oid qarorini bekor qilişni talab qilgandi.
Eslatib ötamiz, 2025 yil sentabr oyida Toşkent viloyatining Böka, Piskent, Oqqörğon, Quyi Çirçiq, Bekobod tumanlari, Nurafşon va Olmaliq şahridagi boğçalarida 2 mingga yaqin bola aynan autsorsing xizmati keltirgan yeguliklardan zaharlangandi. Keyinçalik holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davomida 10 nafar şaxs qamoqqa olingandi. Ayni paytda mazkur iş doirasida sud mahkamasi boşlangan.








