Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev 64 yoshda. Saida Mirziyoyeva o‘z sahifasida tabrik yozdi, xorijiy davlat rahbarlaridan ham tabriklar kelmoqda
24 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 64 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, davlat va jamoat arboblari prezidentni tabriklashmoqda.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham otasi Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Saida Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga davlat rahbarining nabirasi Shavkatjon bilan tushgan suratini joylashtirgan. «Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, aziz insonlarim. Alloh Sizni panohida asrasin!» deb yozadi Mirziyoyeva.
E'tiborli jihati, Saida Mirziyoyeva o‘zining kenja o‘g‘li Shavkatjonni 2020 yilning 24 iyulida — Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kunida dunyoga keltirgan.
Prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov tabrik yo‘llagan siyosatchilarning ro‘yxatini keltirdi:
XXR raisi Si Tszinpin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an
Qozog‘istonning birinchi prezidenti – elboshi Nursulton Nazarboyev
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev
Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi
«Ushbu tabriklarda prezidentimizning mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lidagi oqilona siyosati va sa'y-harakatlari, mintaqaviy va global miqyosdagi tashabbuslarining ahamiyati e'tirof etilib, davlatimiz rahbari va xalqimizga eng ezgu tilaklar bildirilgan», deya qayd etilgan xabarda.
Mavzuga oid
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
14:58 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024