Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari tarixdagi eng qimmat yozgi Olimpiada bo‘lishi aytildi
Yaponiya hukumati auditorlari ma'lumotlariga ko‘ra, Tokio Olimpiadasini o‘tkazish sarf-xarajatlari 20 mlrd dollardan oshadi. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, shu sababli Tokiodagi O‘yinlar tarixdagi eng qimmat yozgi Olimpiada bo‘ladi.
Avvalroq Yaponiya hukumati Olimpiadani o‘tkazish sarf-xarajatlari 15,4 mlrd dollarga yetganini ma'lum qilgandi.
Yakuniy summa Tokio Olimpiadani o‘tkazish uchun ariza bergan vaqtda prognoz qilingandan deyarli uch marta ko‘proqni tashkil qilmoqda. O‘shanda gap 7,4 mlrd dollar haqida borgan.
Bungacha yozgi Olimpiadaga sarf qilingan mablag‘ bo‘yicha London Olimpiadasi 1-o‘rinni egallab kelayotgandi. Uni o‘tkazish sarf-xarajatlari 11,04 mlrd dollarga aylangan. Tokio Olimpiadasining pandemiya sababli bir yilga kechiktirilishining o‘ziga qo‘shimcha 2,8 mlrd dollar sarflangan.
Olimpiadani o‘tkazishdan olinadigan foyda taxmin qilingandan kamroq bo‘lishi kutilmoqda. Koronavirus bilan kasallanish darajasi yuqori bo‘lgani sababli Olimpiada xorijiy tomoshabinlarsiz o‘tmoqda. Mahalliy tomoshabinlarga ham musobaqalarga tashrif buyurishda cheklovlar amal qilmoqda. Bundan tashqari, Tokio Olimpiadasining asosiy homiylaridan biri bo‘lgan Toyota kompaniyasi Olimpiada mavzusi bilan bog‘liq reklamani namoyish qilishdan voz kechgan.
Mavzuga oid
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
17:15 / 27.04.2026
Tokioda davlat xizmatchilariga ishda shortik kiyishga ruxsat berildi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026