Jamiyat | 21:30 / 27.07.2021
5811
5 daqiqa o‘qiladi

4 trln 348,9 mlrd so‘m. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan 2021 yil 6 oyida shuncha miqdorda qurilish mollari ishlab chiqildi

Foto: O‘zsanoatqurilishmateriallari

2021 yilning I yarim yilligida uyushma tarkibidagi korxonalar tomonidan jami 4 trln 348,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 121,9 foizni tashkil etdi. Shundan uyushma tarkibidagi yirik sanoat korxonalari tomonidan 3 trln 186 mlrd so‘mlik, kichik biznes korxonalari tomonidan esa 1 trln 162,9 mlrd so‘mlik mahsulotlar buyurtmachilar va xaridorlarga yetkazib berilgan.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z bordi. Tadbirda uyushma rahbariyati, soha mutaxassislari va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Ta'kidlanishicha, o‘tgan yarim yil mobaynida 4 mln 978,8 ming tonna sement (o‘tgan yilga nisbatan 120,7 foiz), 9,77 mln kv.m. 2-mm o‘lchamda - qurilish oynasi –(87,6), 8,07 mln kv.m. - keramik plitka – (1,9 baravar), 19,3 mln kv.m. - gipsokarton – (110,7 foiz), 74,6 ming tonna quruq qurilish aralashmalari – (134,6), 937 ming o‘ram gulqog‘oz – (133,8), 62,9 ming tonna ohak – (2,4 baravar), 84,6 ming tonna gips – (120,6) kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4937-sonli qaroriga asosan hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida 867,37 mln dollarlik 39ta loyiha bo‘yicha joriy yilda 327,6 mln dollar o‘zlashtirish belgilangan. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishga 101 mln dollar tashabbuskorlar mablag‘i, 11,6 mln dollar bank kreditlari va 215 mln dollar xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar yo‘naltiriladi.

I yarim yilligida 39ta investitsiya loyihalari bo‘yicha jami 115,3 mln dollar, shundan 84,3 mln dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Shundan, umumiy qiymati 5 mln dollar bo‘lgan "Monolith Asia" MChJ QKda payvandlash elektrodlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi ishga tushirildi va 200ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

E'tiborlisi, hisobot davrida 988ta loyiha bo‘yicha 4 trln 79 mlrd so‘mlik mablag‘lar o‘zlashtirilgan. Ushbu davrda qiymati 1 trln 824 mlrd so‘mlik 338ta loyiha ishga tushirilib, 3722ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

2021 yilning I yarim yilligida qurilish materiallari sanoati sohasi bo‘yicha jami 148,8 mln dollar miqdorida eksport amalga oshirilib, o‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 baravarga ta'minlandi. Jumladan, ushbu davrda 28,8 mln dollar PVX profillar va trubalar, 15,8 mln dollar alyumin profillar, 27,9 mln dollar keramik plitka va keramika mahsulotlari, 15,8 mln dollar quruq qurilish aralashmalari va sementdan bog‘lovchi materiallar 9,9 mln dollar sement, 3,6 mln dollar gulqog‘oz kabi qurilish materiallarining eksporti amalga oshirildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an'anaviy hisoblangan bozorlar ya'ni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘onistondan tashqari Ozarboyjon, Turkiya, Rossiya, Ukraina va Xitoy davlatlari hisobiga kengaytirildi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi korxonalari tomonidan 2021 yil yanvar-iyun oylarida jami 125,9 mln dollarlik import amalga oshirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,7 mln dollarga yoki 16 foizga kamaygan.

Import tarkibida, asosan texnologik uskunalar va ularning ehtiyot qismlari – 55,5 mln dollar (yoki jamiga nisbatan 44 foiz), xomashyo va materiallar – 66,8 mln dollar (53 foiz), xizmatlar – 3,4 mln dollar (2,7 foiz) tashkil etadi.

2021 yilning I yarim yilligida mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 320,4 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish belgilangan bo‘lib, joriy yilning ushbu davrida 451,3 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan reja 141 foizga bajarilishi ta'minlandi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
Matbuot xizmati
 

Mavzuga oid