1 yilda 3,6 mln kvadrat metr sopol koshin ishlab chiqarilmoqda. “Orient keramik” MChJga press-tur tashkil etildi
"O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi tomonidan OAV vakillari uchun navbatdagi press-tur tashkil etildi. Unda ishtirokchilar mamlakatimizda keramik plitka ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxona “Orient keramik” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Tadbirda o‘ndan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.

Foto: O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasi matbuot xizmati
Dastlab, OAV vakillari yiliga 3,6 million kvadrat metr keramik plitka ishlab chiqarish sexi bilan yaqindan tanishishdi. Press sayohat davomida jurnalistlar mahsulot tayyorlanish jarayonlari, ishchi-xizmatlar uchun yaratilgan sharoitlarini ko‘zdan kechirishdi. E'tiborlisi, qalam ahli egalari bu yerda mutaxassislar bilan bevosita muloqotda bo‘lishdi.


Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari korxona shourumida bo‘lishdi va mahsulot turlari bilan tanishishdi. Mutaxassislar eksport ko‘lami va ishlab chiqarish hajmi haqida ma'lumotlar berishdi.
Press-tur davomida OAV vakillariga “Orient keramik” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, kelajakdagi rejalar haqida so‘z yuritildi.


OAV vakillarida jamiyatdagi ish jarayoni, zamonaviy texnika va texnologiyalar, ishchi-xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar katta taassurot qoldirdi.
Tadbir so‘ngida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob olishdi.


Ma'lumot uchun, “Orient keramik” MChJ Chilonzor tumanidagi sanoat zonasida 3,6 gektar hududda joylashgan. 2019 yil iyul oyida o‘z faoliyatini boshlagan loyihaning umumiy qiymati qariyb 14 million dollar bo‘lib, yiliga 3,6 million kvadrat metr keramik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Ayni paytda bu yerda 270 ishchi va mutaxassis mehnat qilmoqda. Ahamiyatli jihati shundaki, mas'uliyati cheklangan jamiyat mahsulotlari deyarli 100 foiz mahalliy xomashyodan tayyorlanadi. Shu bois, bu yerda ishlab chiqarilgan kafellar xorijnikidan bir necha barobar arzon narxlarda ichki bozorga chiqarilmoqda. Ayni paytda korxona mahsulotlarining 30 foizdan ortig‘i Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonga eksport qilinmoqda.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya tashqi ishlar vaziri: Lavrovga qo‘ng‘iroq qilish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman
Jahon | 12:15
-
Hafta oxirida harorat ko‘tariladi
O‘zbekiston | 12:10
-
Fransiya banki O‘zbekistonga yangi samolyotlar va poyezdlar xarid qilishda yordam berishi mumkin
O‘zbekiston | 11:51
-
Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib berish haqida «o‘ylamayapti»
Jahon | 11:33
Mavzuga oid

18:37 / 19.08.2021
“O‘zsanoatqurilishmateriallari”: Joriy yilda investitsiya dasturiga ko‘ra 306 mln dollarlik 12 ta loyiha ishga tushiriladi

21:30 / 27.07.2021
4 trln 348,9 mlrd so‘m. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan 2021 yil 6 oyida shuncha miqdorda qurilish mollari ishlab chiqildi

19:30 / 12.07.2021
Qurilish materiallarini ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi

18:00 / 14.04.2021