Anjumanda dastlab “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi tomonidan sohada amalga oşirilayotgan yirik investitsiya loyihalari, mamlakatimiz quriliş materiallari salohiyati haqida töliq ma'lumot berildi. Şu bilan birga mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan qurilişlar materiallarining jahon talablariga javob berişi, yirik zavodlar faoliyati, eksport körsatkiçlari haqida töxtalib ötildi.

Ta'kidlanişiça, prezidentimiz tomonidan 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli “Quriliş materiallari sanoatini jadal rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” gi qaror qabul qilinib, sohaga Ilm-fan yutuqlarini va innovatsion texnologiyalarni keng joriy qiliş böyiça aniq vazifalar belgilab berildi va uyuşma qoşida Quriliş materiallari sanoati Ilmiy-texnikaviy kengaşi faoliyati yölga qöyildi.

Şuningdek, Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 9 iyunda qabul qilingan PQ-6244-sonli “Hududlarning sanoat salohiyatini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoniga köra «Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi huzurida Quriliş materiallari sanoatini rivojlantiriş böyiça kengaş taşkil qilindi. Bu esa mamlakatimiz sanoat salohiyatini mustahkamlaş va hududlarni kompleks rivojlantiriş, şahar va viloyatlarda yangi işlab çiqarişlarni taşkil etiş hisobiga aholini iş bilan band qilişni kengaytirişda muhim omil bölib xizmat qilmoqda.

Raqamlarga e'tibor beradigan bölsak, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4937-sonli qaroriga asosan “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi böyiça xorijiy investitsiyalar va kreditlar iştirokida 872 mln dollarlik 39 ta loyiha belgilangan bölib, joriy yilning özida 327,6 mln dollar özlaştiriş közda tutilgan. Uşbu loyihalarni moliyalaştirişga 101,0 mln dollar taşabbuskorlar mablaği, 11,6 mln dollar tijorat banklarining kreditlari va 215,0 mln dollar xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar yönaltiriladi.