Bayden Oq uyda Tixanovskaya bilan uchrashdi
AQSh prezidenti Jo Bayden 28 iyulda Oq uyda Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskayani qabul qildi. Biroq Oq uy Bayden va Tixanovskaya nima haqida suhbatlashganini ma'lum qilmagan.
“Bugun Oq uyda Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashish men uchun sharafdir”, deb yozgan Bayden Twitter’da.
Oq uy rahbari AQSh Belarus xalqining demokratiyaga va inson huquqlarini himoyalashga intilishini qo‘llab-quvvatlashini aytgan.
O‘z navbatida, Tixanovskaya o‘z Telegram-kanalida Oq uydan “millionlab belaruslar ovozi eshitilganiga ishonch bilan chiqqanini” ma'lum qilgan. U shuningdek, Baydenni Belarusga demokratiyaga zo‘ravonliksiz o‘tishda namuna bo‘lishida yordam berishga chaqirgan.
“Siyosatchi sifatida men bu uchrashuvdan xursandman. Prezident Bayden dunyoda avtokratiya va demokratiya o‘rtasida kurash davom etayotganini aytdi. Va siz bilasiz, Belarus bu kurashning old saflaridadir. Shu sababli men prezident Baydenni Belarusning demokratiyaga zo‘ravonliksiz o‘tishda namuna bo‘lishida yordam berishga chaqiraman”, deb aytgan Tixanovskaya.
Uning ta'kidlashicha, Belarusdagi inqilob geosiyosat bilan bog‘lanmagan. “Bu belaruslarning demokratik tanlovi va AQShning burchi – bizni qo‘llab-quvvatlashdir”, deb qo‘shimcha qilgan belaruslik muxolifatchi.
Tixanovskayaning aytishicha, Belarus suvereniteti borasida savdolashilmaydi. “Belarus suvereniteti muhokama qilinmaydi va savdolashilmaydi. Noqonuniy rejim tomonidan imzolangan har qanday bitim noqonuniydir”, deb ta'kidlab o‘tgan muxolifatchi.
Uning ta'kidlashicha, Belarusdagi inqirozning yechimi xalqaro nazorat ostida o‘tadigan yangi prezident saylovlari bo‘la oladi. “Siyosiy motivlar ostida qamalgan barcha mahkumlar hech qanday sharsiz ozod etilishi kerak. Belarusdagi inqiroz xalqaro, BMT va YeXHT kun tartibiga kiritilishi, barcha aybdorlar xalqaro sudlarda javobgarlikka tortilishi lozim”, deb aytgan Tixanovskaya o‘z kanalida.
“Siyosiy mahkum Sergey Tixanovskiyning ayoli sifatida turmush o‘rtog‘im va minglab odamlar men bilan bu onlarni bo‘lisha olmayotganidan alam his qilmoqdaman. Biroq ular bu uchrashuvdan xabar topishadi va biz ular uchun kurashayotganimizni bilishadi, deb umid qilaman. Ikki farzandning onasi sifatida esa farzandlarim shu tobda onalari ular bilan birga emasligini tushunib, meni kechirishadi, deb umid qilib qolaman. Belarusning erkinlikka yo‘li qancha kuch va vaqt talab qilmasin, men uni belaruslar bilan birga bosib o‘tishga tayyorman. Men prezident Baydenga bizni ushbu yo‘lda qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildiraman”, deb qo‘shimcha qilgan belaruslik muxolifatchi.
Ayni vaqtda Svetlana Tixanovskaya va uning jamoasi AQShda safar bilan qolmoqda. Ular amerikalik siyosatchilar va belarus diasporasi bilan uchrashuvlar o‘tkazishmoqda.
Avvalroq Tixanovskaya AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan va davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashgandi.
Mavzuga oid
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
09:02 / 20.11.2024
Qayta saylanmaslik erkinligi: Bayden Kiyevga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda
05:07 / 18.11.2024
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berdi
12:44 / 17.11.2024