«Bugun ota-onasidan ajragan, mehrga muhtoj bolalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan ustuvor vazifalarni belgilab olişimiz zarur. Bu sohada muammolar borligini hammamiz bilardik va bugun tizim böyiça bu kamçiliklarni bartaraf etiş vaqti keldi.

Mana, viloyat hokimlari joylardagi Mehribonlik uylaridan turib iştirok etişyapti. Har bir hokim sözga çiqqanda raqamlarni emas, öz farzandim, nabiram şunday holatga tuşib qolsa nima böladi, degan savolni özlaridan ötkazib javob berişi kerak.

Albatta, har bir gödak bu yoruğ dunyoga kelar ekan, unga hamma ota-onasi bağrida yayrab össin, baxtli-saodatli bölsin, deb tilak bildiradi. Lekin, taqdir taqozosi bilan ularning ayrimlari ota-ona mehridan benasib qoladi. Bunday holatda bu norasida bolalarning aslo aybi yöq ekanini barçamiz yaxşi tuşunamiz, albatta», degan davlat rahbari.

Ma'lum qilinişiça, hozirgi kunda 13ta bolalar uyida 560 nafar bolalar (3-4 yoşgaça), 16ta Mehribonlik uyi va 4ta Bolalar şaharçasida 1,8 ming nafar bolalar (3 yoşdan 18 yoşgaça), 86ta maxsus internatda 21 ming nafar bolalar (7 yoşdan 18 yoşgaça) hamda homiylik, vasiylik, oila patronati asosida 79 ming nafar bolalar tarbiyalanmoqda.

«Bir özimizga savol beraylik, uşbu mehrga muhtoj bolalar ğamxörlikni töliq his qilyaptimi? Afsuski, yöq. Ularning bilimiga, sportiga, fanlar böyiça qiziqişlariga şaroit yaratyapmizmi? Ijobiy javob yöq.

Bugun Yunusoboddagi 21-son Mehribonlik uyiga borganimda na sohaga mas'ul vazirlik, na hudud sektor rahbarlari bu yerdagi muhit va şaroit bilan işlamagani ayon böldi. Faqat Navröz bayramlarida bolalardan xabar olib qöyiş kifoya qilmaydi. Misol uçun, sönggi 10 yilda Mehribonlik uylari va Bolalar şaharçalarining uy-joyga muhtoj 1 ming 188 nafar bitiruvçilaridan 610 nafariga yoki 51 foiziga uy-joy ajratilgan.

Mehribonlik uylaridagi ta'lim-tarbiya işlari ham mutlaqo qoniqarsiz. Şuningdek, Mehribonlik uylari bitiruvçilarining atigi 1,6 ming nafari yoki 64 foizi iş bilan ta'minlangan. Şu kabi, ötgan yili ixtisoslaşgan maktablarni bitirgan 1,5 mingdan ziyod nogironligi bor yoşlarning atigi 264 nafari işga joylaştirilgan. Bu biz uçun katta muammo. Ularda ertangi kunga işonç bölmaydi.

Oçiq aytiş kerak, bugungi kunda xalq ta'limi tizimiga qaraşli Mehribonlik uylari va Bolalar şaharçalaridagi tarbiyaçilarning 95 foizi ayollar bölib, bolalar ularni “ona” deb çaqirişadi. Lekin, “ota” tarbiyasi-çi? Bu yerdagi farzandlarimizni oilaga imkon qadar yaqin muhitda tarbiyalaşimiz uçun, albatta, ota va ona mehrini bera oladigan tizim yaratişimiz kerak.

Tuman va şahar hokimlari hamda sektor rahbarlari bolalarni homiylik, vasiylik va oila patronatiga beriş işlariga umuman e'tiborsiz. Şu bois, sohada mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi», deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.