Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda davlat raqamlarini yashirib harakatlangan «Neksiya» haydovchisi mashinani tashlab qochib ketdi
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida davlat raqamlarini yashirib harakatlangan «Neksiya» haydovchisi YPX xodimlariga duch kelgach, avvaliga to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan qochib ketgan. So‘ng mahallalardan biriga kirib, mashinani tashlab qochib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 27 iyul kuni kechki payt viloyat IIB YHXB xodimlari M41 Bishkek-Dushanbe-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Sho‘rchi tumani hududidan o‘tuvchi qismida tungi reyd tadbirlarini olib borayotganda davlat raqamlarini yashirib olgan «Neksiya» haydovchisi YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan qochib ketgan.
Shundan so‘ng, YPX xodimlari uning orqasidan kuzatib borganda haydovchi mashinani Sho‘rchi tumani Ko‘klam mahallasida joylashgan yo‘lda qoldirib, o‘zi va yo‘lovchilar bilan qochib ketgan. YPX xodimlari mashina davlat raqamiga yopishtirib qo‘yilgan yelim skotchni yulib olishganda, uning raqami 75 N 832 GA ekani ayon bo‘ladi.
Qayd etilishicha, xolislar ishtirokida ma'muriy bayonnoma tuzilib, mashina tegishli tartibda vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
13:05 / 06.11.2025
“Agroterrorizm”: Sho‘rchida fermerlarning piyozpoyalari eski uslubda yo‘q qilindi
10:23 / 04.08.2025
Surxondaryodagi uch qavatli savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi
18:18 / 21.07.2025
Surxondaryodagi bozorda sotuvchi bir guruh shaxslar tomonidan pichoqlab o‘ldirildi
19:37 / 25.09.2024