Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatidagi bozorda bir erkakning rafiqasi köz öngida 5 kişi tomonidan piçoqlab öldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unda aytilişiça, Şörçi tumanida sodir bölgan holat böyiça Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatildi. Jinoyat işi doirasida 2 nafar şaxsga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda. Jinoyat işining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Ayol ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatida hodisa 2025 yil 16 iyul kuni markaziy Şörçi dehqon bozorida röy bergani, turmuş örtoği Eşmatov Elbekni qöşni oşxonada işlovçi Böriyev Uluğbek, uning şerigi Karim, onasi Dilorom va jiyani Ozodbek tomonidan öldirilganini aytgan.
Uning sözlariga köra, turmuş örtoğini öldirgan şaxslar begona emas. Ular bir neça bor mazkur oilaga öldiriş bilan tahdid qilib kelgan. U bunday tahdid haqda tegişli organlarga murojaat qilişgani, ammo içki işlar organi xodimlari «ölim holati» bölganidan keyin çora körilişini aytişganini sözlab bergan.
U tört farzandi bilan beva qolgan.













