2025 yil 31 oktyabr. Yer sayyorasining qay bir nuqtasida fermer yuqori texnologik dronlarni xöjaligiga joriy qiliş ustida işlayapti, boşqa bir nuqtasida esa hokimlar fermer ekinini traktorlar bilan payhon qilyapti... Surxondaryo viloyatining Şörçi tumani fermerlari piyoz ekkani uçun tunda majburan avtobuslarga solinib, hokimiyatga olib ketildi, “savalaş” uçun. Öz holiga qöyilmagan, hamon hokimlar “diktaturasi” ostida qolayotgan fermerlarni kim himoya qiladi? Jurnalist Şokir Şaripov hamon oğriqli bölib qolayotgan mavzuni yana bir bor esladi.
31 oktyabrga ötar keçasi Şörçi tumanidagi 80 nafarga yaqin fermer ikkita avtobusga çiqarilib, içki işlar organlari xodimlari tomonidan viloyat hokimligidagi yiğilişga olib ketilgan. Ma’lum bölişiça, uşbu safarbarlik ğalla ekişni keçiktirganlik uçun jazo çorasi sifatida qöllangan.
Yana bir videoda fermer Dilmurod Şoydullayevga tegişli dalaga tuman hokimi boşçiligidagi mas’ullar kelib, yangi ekilgan piyoz maydonini buzib taşlagani aks etgan.
“Ekib qöyganingni baribir buzamiz. Bundan keyin narigi ekilgan dalaga ötamiz. Hozir hammasi öşa yoqqa ketdi mana… Pulingga kuyaman, 100 million, 200 millionga kuyaman desang, ekaver, oğayni. Senlarga gap ta’sir qilmas ekan. Piyoz ekkanlar bilan ovora bölib, qança azob çekdik, baribir paxta rejasini töldira olmadingizlar. Tumanda 580 gektar paxta ekilmay qoldi”, - deydi mahalliy rahbarlardan biri.
Jurnalist Şokir Şaripov Agrobizes assotsiatsiyasi rahbari Kamoliddin Ikromov bilan fermerlar işiga bu tarzda aralaşuvning oqibatlari haqida suhbatlaşdi.
“Agroterrorizm”
Bu kabi holatlar faqat Şörçida kuzatilayotgani yöq, boşqa viloyatlarda ham ekinlarni yöq qilişyapti. Men buni “agroterrorizm” deyman. Bunday xatti-harakatlar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş va narxlarni barqarorlaştiriş maqsadida fermerlarga köproq erkinlik berişni közda tutuvçi sönggi prezident farmonlariga tubdan zid keladi. Prezidentning bitta emas, ketma-ket ikkita farmoni çiqdi. Ularda paxta-ğalla yönalişidagi fermerlarga yerning 45 foiziga paxta, 45 foiziga ğalla va qolgan 10 foiziga erkin ekin ekişga ruxsat berilgan. Axir dehqonning qölidagi pul ham aslida davlatning boyligi emasmi? Tadbirkorning sarmoyasi, fermerning mablaği va boşqa resurslarning barçasi davlat iqtisodiyotining bir qismi hisoblanadi. Ertaga misol uçun, piyozning narxi 5 ming sömga çiqib ketsa, bunga kim javob beradi? Şu işni qilayotganlar xalq tölaydigan ortiqça pulni öz yonidan tölab bera oladimi?












