O‘zbekiston | 08:21 / 29.07.2021
3479
2 daqiqa o‘qiladi

29 iyul kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi

29 iyul kunduz kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-37 daraja issiqni tashkil etadi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 33-35 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida esa 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid