O‘zbekiston | 16:36 / 29.07.2021
3427
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston investorlar uchun oltin, uran, tabiiy gaz va neft qazib olish bo‘yicha soliq stavkalarini pasaytiradi

O‘zbekiston chet ellik investorlar uchun oltin, uran, tabiiy gaz va neft qazib olish bo‘yicha soliq stavkalarini pasaytiradi. Bu haqda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda ma'lum qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev chet ellik investorlar uchun imkoniyatlar yanada kengaytirilishini ta'kidladi.

Xususan, mis va oltin bo‘yicha qazilma boyliklarga soliq stavkalarini 10 foizdan 7 foizga, tabiiy gaz va neft bo‘yicha 10 foizga, uran bo‘yicha 8 foizga, volfram bo‘yicha 10 foizdan 2,7 foizga tushirish rejalashtirilgan. Bunday imtiyozlar investorlarda albatta katta qiziqish uyg‘otadi.

Hozirgi kunda respublikada konlarni geologik jihatdan o‘rganish va o‘zlashtirish bo‘yicha Kanada, Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlar kompaniyalari ish olib bormoqda.

Bundan tashqari, kelgusi yildan geologiya-qidiruv ishlarida to‘liq xalqaro JORC standartlariga o‘tiladi. Yaqin 5 yilda barcha loyihalar hisobidan ruda qazib olish va qayta ishlash hajmi mamlakatimiz bo‘yicha yillik 130 million tonnadan 300 million tonnaga ortadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid